-
Misrning kuchiga ishonma
-
|Isaías 31:1| Holingizga voy! Ey Misrdan yordam so‘rab borayotganlar! Holingizga voy! Ey otlarga ishonayotganlar! Ularjang aravalarining ko‘pligiyu Kuchli otliqlarga umid bog‘laydilar.Isroil xalqiningmuqaddas Xudosiga esa Nazar ham tashlamaydilar, Unga yuz burmadilar.
-
-
-
|Isaías 31:2| Axir,Egam ham dono. U kulfat olib keladi. So‘zlarini U qaytib olmaydi, Fosiqlarning xonadoniga qarshi qo‘zg‘aladi, Badkirdorlarga yordam berganlarga qarshi turadi.
-
-
-
|Isaías 31:3| Misrliklar Xudo emas, insonlardir, Ularning otlari ruh emas, tanadir. Egam ularga qarshi qo‘l ko‘targanda, Madadkor qoqiladi, Madadga zor yiqiladi. Ikkovi birgalikda halok bo‘ladi.
-
-
-
|Isaías 31:4|Ha, Egam menga aytmoqda: “Kuchli sher qo‘yni bo‘g‘izlaganda, Cho‘ponlar shovqin–suroniga e’tibor bermas, Ularga hatto nazar ham tashlamas. Shu singari, Men, Sarvari Olam ,Sion tog‘i, o‘sha tepalikdaJang qilishga kelaman.
-
-
-
|Isaías 31:5|O‘z ini ustida uchayotgan qush kabi, Men, Sarvari Olam, Quddusni qo‘riqlayman. Men Quddusni qo‘riqlab, ozod qilaman, Himoya qilib, najot beraman.”
-
-
-
|Isaías 31:6| Ey Isroil xalqi! Garchi sizlar shu qadar fosiq isyonchi bo‘lsangiz ham, endiEgamizga qayting!
-
-
-
|Isaías 31:7| Ha, o‘sha kuni har biringiz oltin butlar va kumush tasvirlarni rad etasiz. Ularni gunohkor qo‘llaringiz bilan yasagan edingiz.
-
-
-
|Isaías 31:8|Ossuriya vayron bo‘ladi, ammo insonning qilichidan emas. Xudoning qilichi Ossuriyaliklarni uradi. Ossuriyaliklar vahimaga tushib qochadilar. Kuchli, yosh yigitlarini qul qilib olib ketadilar.
-
-
-
|Isaías 31:9| Ossuriyaning suyanganqoyasi 1 vahima ichida qochadi, Lashkarboshilari jangovar bayroqdan qo‘rqib, qochib ketadi. Ha, Egamizning alangasi Quddusda, Uning o‘chog‘i Siondadir. Egamizning kalomi shudir.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
