-
|Isaías 5:21|Holingizga voy, ey o‘zini dono deb bilganlar, O‘zlarini idrokli deb hisoblaganlar!
-
-
-
|Isaías 5:22|Holingizga voy, ey sharob ichishda Qahramon bo‘lganlar, Ichkilikni aralash–quralash ichishda Bahodirlik ko‘rsatganlar.
-
-
-
|Isaías 5:23|Pora evaziga aybdorni haq deb topganlar, Solihlarning to‘g‘riligini inkor qiladi ular!
-
-
-
|Isaías 5:24|Shu bois alanganing tili somonni yutganday, Ularning ildizi chirib ketadi, Quruq xashak olovda kuyib bitganday, Ularning g‘unchasi changday uchib ketadi. Sarvari Olamning ta’limotini ular rad qildi, Isroil xalqining muqaddas Xudosining so‘zidan nafratlandi.
-
-
-
|Isaías 5:25|Ha, Egamning g‘azabi O‘z xalqiga qarshi alangalandi, U xalqqa qarshi qo‘l ko‘tarib, ularni urdi. Shunda tog‘lar larzaga keldi, Ko‘chalarda jasadlari axlat bo‘ldi. Shunda ham Egam g‘azabidan tushmadi, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgancha turardi.
-
-
-
Xudo Isroilga hujum qilsin, deb boshqa xalqlarni olib keladi
-
|Isaías 5:26|Uzoqdagi xalqlarga 7 U belgi beradi, Yerning chetidagi xalqlarga ishora yuboradi. Ana, ular kelayotir bu yerga tez, shiddat ila!
-
-
-
|Isaías 5:27|Ular na charchaydi, na yiqiladi, Na mudraydi, yo na uxlaydi, Na kamari bo‘shaladi, Na chorig‘ining iplari uziladi.
-
-
-
|Isaías 5:28|Ularning o‘qlari o‘tkirlangan, Hamma yoylari tortib bog‘langan, Otlarining tuyoqlari chaqmoqtoshga o‘xshar, Aravalarining g‘ildiraklari quyun kabidir.
-
-
-
|Isaías 5:29|Ular sherga o‘xshab bo‘kiradi, Shervachcha kabi o‘kiradi, O‘kirib, o‘ljasini ushlaydi, olib ketadi, Hech kim uni qutqarib ololmaydi.
-
-
-
|Isaías 5:30|O‘sha kuni guvullagan dengizga o‘xshab Yurt uzra o‘kirish eshitiladi. O‘sha yurtga nazar soladi. Ana zulmat, mana kulfat, Bulutlar tufayli nur xira bo‘ldi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
