Hechos

  • Ctefanning Oliy kengash oldidagi nutqi

  • |Hechos 7:1| Oliy ruhoniy Stefandan: “Shu gaplar rostmi?” deb so‘radi.

  • |Hechos 7:2| Stefan shunday javob berdi: “Birodarlar, otalar! Mening gaplarimga quloq solinglar. Bobomiz Ibrohim hali Xoronda yashamasdan oldin — Mesopotamiyada bo‘lgan paytda ulug‘vor Xudo unga zohir bo‘lib,

  • |Hechos 7:3| shunday dedi: ‘O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan.’

  • |Hechos 7:4| Shundan keyin Ibrohim Xaldeylar yurtini tark etib, Xoronga borib o‘rnashdi. Ibrohimning otasi vafot etgach, Xudo uni Xorondan hozir sizlar yashab turgan yurtga ko‘chirdi.

  • |Hechos 7:5| Xudo Ibrohimga u yerdan mulk bermadi, hatto bir qarich yer ham bermadi. Lekin Ibrohimga va uning nasliga o‘sha yurtni mulk qilib berishni va’da qildi. Vaholanki, o‘sha payda Ibrohimning farzandi yo‘q edi.

  • |Hechos 7:6| Xudo unga shunday dedi: “Sening nasling begona bir yurtda musofir bo‘lib yashaydi. To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi.

  • |Hechos 7:7| Ammo ularni qul qilib oladigan xalqni Men jazolayman. Shundan keyin ular o‘sha yurtdan chiqadilar va bu yerda Menga sajda qiladilar.”

  • |Hechos 7:8| Keyin Xudo unga sunnat ahdini berdi. Shunday qilib, Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqni sakkiz kunligida Ibrohim sunnat qildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi, u ham sunnat qilindi. Yoqubdan o‘n ikki qabila asoschilari tug‘ildi, ular ham sunnat qilindi.

  • |Hechos 7:9| Yoqubning o‘g‘illari o‘zlarining ukalari Yusufga hasad qilib, uni Misrga sotib yubordilar. Ammo Xudo Yusuf bilan birga bo‘lib,

  • |Hechos 7:10| uni hamma kulfatlardan saqlab qoldi. Xudo Yusufni shunchalik dono qildiki, u Misr fir’avnining iltifotiga sazovor bo‘ldi. Fir’avn Yusufni butun Misr va o‘zining xonadoni ustidan hokim qilib tayinladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.