Hechos

  • Butrus bilan Yuhanno Oliy kengash oldida

  • |Hechos 4:1| Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganlarida, bir necha ruhoniylar, Ma’bad mirshabboshisi va sadduqiy mazhabining ba’zi a’zolari keldilar.

  • |Hechos 4:2| Ularning qattiq jahli chiqqan edi, chunki bu ikkala havoriy xalqqa ta’lim berib, Iso o‘likdan tirildi, deb va’z qilayotgan edilar.

  • |Hechos 4:3| Ular ikkala havoriyni ushlab, vaqt kech bo‘lgani uchun ertasi kun ertalabgacha qamoqda saqladilar.

  • |Hechos 4:4| Ammo bu xabarni eshitganlarning ko‘pchiligi imonga keldi, imonlilar soni besh mingtaga ko‘paydi.

  • |Hechos 4:5| Keyingi kun Oliy kengash a’zolari — yo‘lboshchilar, oqsoqollar, Tavrot tafsirchilari Quddusda yig‘ildilar.

  • |Hechos 4:6| Oliy ruhoniy Hanan, Kayafa, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy oilasiga mansub bo‘lgan boshqa erkaklar yig‘inda ishitirok etdilar.

  • |Hechos 4:7| Ular ikkala havoriyni o‘rtaga turg‘izib qo‘yib, so‘radilar: — Buni qanday qudrat bilan, kimning nomidan qildingizlar?

  • |Hechos 4:8| Shunda Muqaddas Ruhga to‘lgan Butrus ularga shunday dedi: — Ey xalq yo‘lboshchilari, oqsoqollar!

  • |Hechos 4:9| Agar bir xasta odamga qilingan yaxshilik tufayli bizdan hisob talab qilayotgan bo‘lsangiz va bu odamning qanday qilib sog‘ayganini so‘rayotgan bo‘lsangiz,

  • |Hechos 4:10| sizlar, Isroil xalqi — hammalaringiz shuni bilib qo‘yinglarki, mana bu odam Nosiralik Iso Masih nomi bilan tamomila sog‘ayib, oldingizda turibdi. Isoni sizlar xochga mixlagan edingizlar, Xudo esa Uni o‘likdan tiriltirdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.