-
Quddusdagi yig‘in
-
|Hechos 15:1|Yahudiyadan bir necha odam Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday ta’lim bera boshladilar: “Musoning qonuniga binoansunnat qilinmasangizlar,najot topa olmaysizlar.”
-
-
-
|Hechos 15:2| Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizg‘in bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odamQuddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalanihavoriylar vaoqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.
-
-
-
|Hechos 15:3|Imonlilar jamoati ularni yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Ular Finikiya va Samariya orqali o‘tar ekanlar, g‘ayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bag‘ishladi.
-
-
-
|Hechos 15:4| Pavlus va Barnabo Quddusga kelganlaridan keyin,jamoat , havoriylar, oqsoqollar ularni samimiy kutib oldilar. Pavlus va Barnabo Xudoning ular orqali qilgan ishlarini yig‘ilganlarga so‘zlab berdilar.
-
-
-
|Hechos 15:5| Ammofarziylar mazhabiga mansub imonlilar o‘rnilaridan turib: “G‘ayriyahudiylar sunnat qilinishlari kerak. Ularga Musoningqonuniga rioya qilishlarini buyurish kerak”, dedilar.
-
-
-
|Hechos 15:6| Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yig‘ildilar.
-
-
-
|Hechos 15:7| Uzoq davom etgan munozaradan keyin Butrus o‘rnidan turib, ularga dedi: —Birodarlarim ! O‘zlaringiz bilasizlarki,Xushxabarni g‘ayriyahudiylarga va’z qilishim uchun Xudo meni ancha vaqt oldin orangizdan tanlab oldi. G‘ayriyahudiylar ham Xushxabarni eshitib, imonga kelishi Uning maqsadi edi.
-
-
-
|Hechos 15:8| Xudo inson zotining yuragini biladi, U bizga berganMuqaddas Ruhni g‘ayriyahudiylarga ham berdi. Shu orqali ularni qabul qilganini tasdiqladi.
-
-
-
|Hechos 15:9| Xudo imon orqali g‘ayriyahudiylarning yuraklarini pokladi. Shunday qilib, Xudo biz bilan g‘ayriyahudiylar orasidagi farqni yo‘q qildi.
-
-
-
|Hechos 15:10| Shunday ekan, nima uchun shogirdlarning yelkasiga og‘ir yuk ortib, Xudoni sinayapsizlar?! Axir, bu yukni biz ham,ota –bobolarimiz ham ko‘tara olmagan edik–ku!
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
