Hechos


  • |Hechos 22:1| “Birodarlarim, otalar! Gapimga quloq solinglar, sizlarning oldingizda o‘zimni oqlay.”

  • |Hechos 22:2| Odamlar uning oromiycha gapirayotganini eshitib, suv quyganday jim bo‘lib qoldilar. Pavlus gapida davom etdi:

  • |Hechos 22:3| “Men yahudiyman, Kilikiyadagi Tarshishda tug‘ilganman, ammo Quddusda ulg‘aydim. Bu shaharda Gamalielning shogirdi bo‘lib, ota–bobolarimizning qonuniga jiddiy e’tibor berib ta’lim oldim. Xuddi bugungiday sizlarga o‘xshab, Xudoga o‘zimni bag‘ishladim.

  • |Hechos 22:4| Isoning yo‘liga kirgan odamlarni o‘lguday quvg‘in qilardim, erkagu ayolni bog‘lab, zindonga tashlardim.

  • |Hechos 22:5| Aytayotganlarim haqiqat ekanini oliy ruhoniy bilan butun Kengash tasdiqlay oladi. Ular Damashqdagi yahudiy birodarlarimizga xat yozib berdilar. Shunday qilib, men bu odamlarni kishanlab, Quddusga olib kelib jazolash uchun Damashqqa jo‘nadim.
  • Pavlus o‘zining imonga kelishi to‘g‘risida so‘zlab beradi

  • |Hechos 22:6| Men yo‘limda davom etib, Damashqqa yaqinlashib qolganimda, tush payti birdan osmondan yop–yorug‘ nur mening yon–atrofimni yoritib yubordi.

  • |Hechos 22:7| Men yerga yiqildim. Shu payt: ‘Shoul! Shoul! Nega sen Meni quvg‘in qilyapsan?’ deb menga gapirayotgan bir ovozni eshitdim.

  • |Hechos 22:8| ‘Yo Hazratim! Sen kimsan?’deb so‘radim. Shunda U menga: ‘Sen quvg‘in qilayotgan Nosiralik Isoman’, deb javob berdi.

  • |Hechos 22:9| Mening yonimdagilar nurni ko‘rardilaru ammo men bilan gaplashayotganning ovozini eshitmasdilar.

  • |Hechos 22:10| Shunda men: ‘Yo Rabbim Iso, nima qilay?’ deb so‘radim. Rabbiy menga shunday dedi: ‘O‘rningdan tur, Damashqqa bor. Nima qilishing kerakligini Xudo belgilab qo‘ygan. Hamma narsa o‘sha yerda senga aytiladi.’


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.