Hechos


  • |Hechos 22:21| Rabbim Iso menga: ‘Ketaver’, — dedi. — Seni uzoqdagi g‘ayriyahudiylarning oldiga yuboraman.’”

  • |Hechos 22:22| Xalq Pavlusga quloq solib turdi. Ammo u shu gapini aytishi bilanoq, ular ovozi boricha, shovqin soldi: — Yo‘qotinglar uni! O‘ldiringlar! U yashashga loyiq emas!

  • |Hechos 22:23| Ular baqir–chaqir qilib, kiyimlarini otib, havoni chang–to‘zon qilib yubordilar.

  • |Hechos 22:24| Rim mingboshisi odamlariga: — Pavlusni qal’aga olib kiringlar! — deb buyruq berdi. So‘ngra u yana odamlariga: — Uni qamchilanglar! Nima uchun odamlar unga qarshi baqir–chaqir qilganini bilinglar! — dedi.

  • |Hechos 22:25| Pavlusni qamchilash uchun bog‘layotganlarida, Pavlus o‘sha yerda turgan yuzboshiga dedi: — Rim fuqarosining biron aybi topilmagan bo‘lsa ham, uni qamchilash sizlarning qonuningizda bormi?

  • |Hechos 22:26| Yuzboshi bu gapni eshitib, mingboshining oldiga bordi–da: — Nima qilmoqchisiz? Axir, bu odam Rim fuqarosi ekan–ku! — dedi.

  • |Hechos 22:27| Mingboshi Pavlusning oldiga kelib, undan: — Menga ayt–chi, sen Rim fuqarosimisan? — dedi. — Ha, — deb javob berdi Pavlus.

  • |Hechos 22:28| Mingboshi: — Men katta miqdorda pul to‘lab, fuqarolikni olgan edim, — dedi. — Men esa Rim fuqarosi bo‘lib tug‘ilganman, — dedi Pavlus.

  • |Hechos 22:29| Pavlusni so‘roq qilmoqchi bo‘lib turganlar o‘sha zahoti undan qo‘llarini tortdilar. Mingboshi Pavlusning Rim fuqarosi ekanini eshitib, uni kishanlagani uchun qo‘rqib ketdi.
  • Pavlus Oliy kengash oldida

  • |Hechos 22:30| Yahudiylar Pavlusni nima uchun ayblayotganlarini mingboshi bilmoqchi bo‘ldi. Ertasi kuni u Pavlusni ozod qildi va “bosh ruhoniylar bilan Oliy kengash a’zolari yig‘ilsin”, deb buyurdi. Mingboshi Pavlusni ularning qoshiga olib keldi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.