-
Butrus va Korniliy
-
|Hechos 10:1|Qaysariyada Korniliy degan bir odam bor edi. U Rim armiyasidagi “Italiya” nomli polkda yuzboshi edi.
-
-
-
|Hechos 10:2| Korniliy taqvodor odam bo‘lib, uning o‘zi ham, oilasi ham Xudodan qo‘rqardi. U kambag‘alyahudiylarga ko‘p sadaqa berar, doimo Xudoga ibodat qilardi.
-
-
-
|Hechos 10:3| Bir kuni soat uchlarda ungavahiy keldi. Xudoning farishtasi kirib kelayotganini u aniq ko‘rdi. Farishta: “Korniliy!” deb chaqirdi.
-
-
-
|Hechos 10:4| Korniliy qo‘rquv ichida unga tikilib qarab: — Labbay,Hazrat ! — dedi. Farishta unga shunday dedi: — Sening ibodatlaring va sadaqalaring Xudoga ma’qul bo‘ldi.
-
-
-
|Hechos 10:5| Endi Yaffaga odam yuborib, Shimo‘n degan odamni chaqirtirib kel. Uning ikkinchi ismi Butrus.
-
-
-
|Hechos 10:6| Butrus bir ko‘nchining uyida mehmon bo‘lib turibdi. U ko‘nchining ismi ham Shimo‘n. Ko‘nchi Shimo‘nning uyi dengiz bo‘yida.
-
-
-
|Hechos 10:7| Korniliyga gapirgan farishta ketdi. Korniliy xizmatkorlaridan ikkitasini va unga xizmat qiladigan taqvodor, ishonchli bir askarini chaqirdi.
-
-
-
|Hechos 10:8| Ro‘y bergan hodisani ularga aytib berib, ularni Yaffaga jo‘natdi.
-
-
-
|Hechos 10:9| Keyingi kun tush paytida ular yo‘lda davom etib, shaharga yaqinlashganlarida, Butrus ibodat qilgani tomga chiqqan edi.
-
-
-
|Hechos 10:10| U ochqab, biron narsa tanovul qilgisi keldi. Ovqat tayyorlanayotganda, Butrusga vahiy keldi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
