Hechos


  • |Hechos 10:31| U menga shunday dedi: “Korniliy, sening ibodating Xudoga yetib bordi, sadaqalaringni U ma’qul ko‘rdi.

  • |Hechos 10:32| Endi Yaffaga odam yuborib, Shimo‘n degan odamni chaqirtirib kel. Uning ikkinchi ismi Butrus. Butrus bir ko‘nchining uyida mehmon bo‘lib turibdi. U ko‘nchining ismi ham Shimo‘n. Ko‘nchi Shimo‘nning uyi dengiz bo‘yida.”

  • |Hechos 10:33| Shuning uchun darhol sizga odam yubordim, siz ham olijanoblik qilib, keldingiz. Egamiz sizga aytishni buyurgan hamma narsani eshitish uchun endi hammamiz Xudoning huzurida to‘plandik.
  • G‘ayriyahudiylar Xushxabarni eshitadilar

  • |Hechos 10:34| Butrus ularga gapira boshladi: — Haqiqatan ham, Xudo tarafkashlik qilmasligini bilaman.

  • |Hechos 10:35| Har bir elatda Xudodan qo‘rqadigan va to‘g‘ri ishlarni qiladigan har bir odam Unga ma’quldir.

  • |Hechos 10:36| U Isroil xalqiga yuborgan xabarni bilasizlar. Tinchlik keltiradigan bu Xushxabarni Xudo Iso Masih orqali e’lon qildi. Iso Masih hammaning Rabbiysidir.

  • |Hechos 10:37| Yahudiya bo‘ylab nimalar yuz berganini bilasizlar. Bu hodisalarning hammasi Yahyoning cho‘mdirilish to‘g‘risidagi xabaridan keyin Jalilada boshlangan edi.

  • |Hechos 10:38| Xudo Nosiralik Isoni Muqaddas Ruh va kuch–qudrat bilan qanday to‘ldirganini bilasizlar. Iso hamma yoqqa borib, yaxshi ishlar qildi, iblisning hukmronligidan azob chekkanlarni shifoladi, chunki Xudo U bilan edi.

  • |Hechos 10:39| U Yahudiya va Quddusda qilgan ishlarining hammasiga biz guvohmiz. Shundan keyin Isoni xochga mixlab, o‘ldirdilar.

  • |Hechos 10:40| Ammo Xudo Uni uchinchi kuni tiriltirib, zohir qildi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.