Hechos

  • Quddusdagi imonlilar jamoatiga Butrusning xabari

  • |Hechos 11:1| Havoriylar va Yahudiyadagi imonlilar: “G‘ayriyahudiylar ham Xudoning kalomini qabul qilibdilar”, degan xabarni eshitdilar.

  • |Hechos 11:2| Butrus Quddusga borganda, yahudiy imonlilar unga ta’na qildilar:

  • |Hechos 11:3| — Siz sunnatsiz odamlarnikida mehmon bo‘libsiz, ular bilan birga yeb–ichibsiz!

  • |Hechos 11:4| Shunda Butrus ularga yuz bergan voqeani batafsil tushuntira boshladi:

  • |Hechos 11:5| — Men Yaffa shahrida ibodat qilayotgan edim, bir payt hushimdan ketib, vahiy ko‘ribman. Osmondan katta dasturxonga o‘xshash bir narsa to‘rt burchagidan osilgan holda yerga tushib keldi. O‘sha narsa oldimga tushdi.

  • |Hechos 11:6| Men o‘sha narsaning ichiga yaxshilab qaradim va unda turli xil chorva va yovvoyi hayvonlarni, sudralib yuruvchilar va qushlarni ko‘rdim.

  • |Hechos 11:7| O‘shanda bir ovoz menga: “Tur, Butrus, so‘yib yegin”, deganini eshitdim.

  • |Hechos 11:8| Men shunday javob berdim: “Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon xarom yoki nopok narsalarni og‘zimga olmaganman!”

  • |Hechos 11:9| Ammo o‘sha ovoz ikkinchi marta eshitilib: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen xarom deb aytmasliging kerak”, deb osmondan gapirdi.

  • |Hechos 11:10| Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxonga o‘xshash o‘sha narsa yana osmonga olindi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.