Hechos

  • Pavlus Efes shahrida

  • |Hechos 19:1| Apollos Korinfda ekan, Pavlus qirlar bo‘ylab yo‘l yurib, Efesga keldi. Bu yerda u bir necha imonli birodarni topdi.

  • |Hechos 19:2| Pavlus ulardan: “Imonga kelganlaringizda, Muqaddas Ruhni qabul qildingizlarmi?” deb so‘radi. Ular: “Yo‘q, biz Muqaddas Ruh borligini hatto eshitmaganmiz”, deb javob berdilar.

  • |Hechos 19:3| “Unday bo‘lsa, qay asosda suvga cho‘mdirildingizlar?” deb so‘radi Pavlus. “Yahyoning ta’limotiga ko‘ra suvga cho‘mdirildik”, deb javob berdi ular.

  • |Hechos 19:4| Shunda Pavlus dedi: — Yahyo tavba qilganlarni suvga cho‘mdirar edi. U Isroil xalqiga, mendan keyin kelayotganga, ya’ni Isoga, imon keltiringlar, degan edi.

  • |Hechos 19:5| Ular bu gapni eshitib, Rabbimiz Isoning nomidan suvga cho‘mdirildilar.

  • |Hechos 19:6| Pavlus ularga qo‘lini qo‘ygan edi, Muqaddas Ruh ularni qamrab oldi. Ular boshqa tillarda gapirib, bashorat qila boshladilar.

  • |Hechos 19:7| Ularning hammasi taxminan o‘n ikki kishi edi.

  • |Hechos 19:8| Pavlus sinagogaga uch oy davomida borib, jasorat bilan xalqqa gapirib, Xudoning Shohligi to‘g‘risida ishonchli dalillar keltirdi.

  • |Hechos 19:9| Ammo ba’zilari ishonishni rad qildilar va hammaning oldida Isoning yo‘li to‘g‘risida yomon gaplarni aytdilar. Pavlus yoniga imonlilarni olib, ularning huzuridan ketdi. Har kuni u Tiran degan odamning ma’ruza zalida munozara o‘tkazadigan bo‘ldi.

  • |Hechos 19:10| Bu holat ikki yil davom etdi, Asiya aholisining hammasi — yahudiylar ham, yunonlar ham Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitishdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.