Hechos

  • Shol tilanchi shifo topadi

  • |Hechos 3:1| Bir kuni Butrus bilan Yuhanno kunduzi soat uchlarda — ibodat vaqtida Ma’badga ketayotgan edilar.

  • |Hechos 3:2| O‘sha paytda Ma’bad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni Ma’badning Go‘zal degan darvozasiga keltirib qo‘yishardi, u esa tilanchilik qilib, Ma’badga kelgan odamlardan sadaqa yig‘ardi.

  • |Hechos 3:3| O‘sha odam Butrus bilan Yuhannoning kelayotganini ko‘rib, sadaqa berib ketinglar, deb yalindi.

  • |Hechos 3:4| Ikkovi unga tikildi. Shu payt Butrus: — Bizga qara! — dedi.

  • |Hechos 3:5| U odam biron narsa olish ilinjida ikkoviga diqqat bilan qaradi.

  • |Hechos 3:6| Butrus esa unga dedi: — Mening pulim yo‘q, ammo o‘zimda bor narsani senga beraman. Nosiralik Iso Masih nomi bilan senga buyuraman: o‘rningdan turib yur!

  • |Hechos 3:7| Shundan keyin Butrus shol odamni o‘ng qo‘lidan ushlab, o‘rnidan turishiga ko‘maklashdi. Shu zahoti shol odamning oyoqlari bilan to‘piqlari mustahkam bo‘ldi.

  • |Hechos 3:8| U sakrab turdi–yu, yura boshladi. Keyin u yurib, sakrab, Xudoga hamdu sano aytib, Butrus va Yuhanno bilan birga Ma’bad hovlisiga kirdi.

  • |Hechos 3:9| Yurib Xudoga hamdu sano aytayotgan bu odamni xalq ko‘rib,

  • |Hechos 3:10| tanidi. Odamlar: “Go‘zal darvozasi yonida o‘tirib, sadaqa so‘raydigan odam–ku bu!” deb hayratlanib, yuz bergan voqeadan hayron qoldilar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.