-
|Hechos 14:1| Xuddi shunga o‘xshash voqea Ikoniya shahrida yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin va’z aytdilar. Natijada bir qanchayahudiylar bilan g‘ayriyahudiylar imonga keldilar.
-
-
-
|Hechos 14:2| Ammo imonga kelmagan yahudiylar g‘ayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qo‘zg‘atdilar.
-
-
-
|Hechos 14:3|Havoriylar Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib,Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatish qudratini berib, O‘zining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi.
-
-
-
|Hechos 14:4| Shahar aholisi esa ikkiga bo‘lindi: ba’zilari yahudiylar tomonga o‘tdi, boshqalari esa havoriylarga qo‘shildi.
-
-
-
|Hechos 14:5| Shundan keyin yahudiylar va g‘ayriyahudiylar o‘z yo‘lboshchilari bilan birga havoriylarga hamla qilib, ularni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar.
-
-
-
|Hechos 14:6| Havoriylar bu to‘g‘rida bilib qolganlaridan keyin Likaoniyaning boshqa hududlariga qochib ketdilar. Ular Listra va Darba shaharlarida va ularning yon–atrofidagi joylarda
-
-
-
|Hechos 14:7| hamXushxabarni va’z qilishda davom etdilar.
-
-
-
Listra va Darba shaharlarida
-
|Hechos 14:8| Listra shahrida bir odam bo‘lib, oyoqlarini qimirlata olmasdan o‘tirardi. U tug‘ma mayib bo‘lib, hech qachon yurmagan edi.
-
-
-
|Hechos 14:9| Pavlus gapirayotganda, u quloq solib o‘tirgan edi. Pavlus unga tikilib qaradi. U odamning shifo topishiga ishonchi borligini ko‘rib,
-
-
-
|Hechos 14:10| unga baland ovozda dedi: — O‘rningdan tur! U odam sakrab o‘rnidan turdi–da, yura boshladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
