Hechos

  • Pavlus shoh Agrippa oldida o‘zini oqlaydi

  • |Hechos 26:1| Agrippa Pavlusga: — O‘zingni himoya qilib gapirishing mumkin, — dedi. Shundan keyin Pavlus qo‘lini cho‘zib, o‘zini himoya qilib gapira boshladi:

  • |Hechos 26:2| — Shoh Agrippa janobi oliylari! Bugun mana bu yahudiylar menga qo‘yayotgan ayblardan o‘zimni sizning huzuringizda himoya qilayotganim uchun baxtiyorman.

  • |Hechos 26:3| Axir, yahudiylarning odatlari va bahslarini siz juda yaxshi bilasiz. Sizdan iltimos, marhamat qilib mening gapimni eshitsangiz.

  • |Hechos 26:4| Yoshligimdan bosib o‘tgan hayot yo‘limni — dastlab o‘z xalqim orasida, keyin Quddusda kechirgan hayotimni hamma yahudiylar biladilar.

  • |Hechos 26:5| Agar ular guvohlik berishni istasalar, dinimizning eng ashaddiy mazhabi farziylarga mansub bo‘lganimni ular azaldan biladilar.

  • |Hechos 26:6| Endi esa, Xudoning ota–bobolarimizga bergan va’dasiga umid qilganim uchun hukm qilinyapman.

  • |Hechos 26:7| Vaholanki, xalqimizning o‘n ikki qabilasi kechayu kunduz Xudoga chin dildan sajda qilib, shu va’da bajo bo‘lishiga umid qilyaptilar. Janobi oliylari, men ham aynan shunday umid qilganim uchun yahudiylar meni ayblayaptilar.

  • |Hechos 26:8| Ey shu yerda turganlar! Nima uchun Xudo o‘liklarni tiriltirishiga ishonib bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizlar?

  • |Hechos 26:9| Men o‘zimcha, Nosiralik Isoning nomiga qarshi har narsani qilishim kerak, deb o‘ylagandim.

  • |Hechos 26:10| Men buni Quddusda qildim ham. Bosh ruhoniylardan vakolat olib, azizlardan ko‘pchiligini qamoqqa tashladim. Ular o‘limga hukm qilinganlarida, men buni ma’qullab turardim.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.