-
|Hechos 26:21| Shu sababdan yahudiylar meniMa’badda tutib olib, o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.
-
-
-
|Hechos 26:22| Ammo shu kungacha Xudo menga madad berdi. Men hammaga — kattayu kichikka shu yerda birday guvohlik beryapman. Ammo men ularga faqat payg‘ambarlarning va Musoning aytganlarini gapirgan edim.
-
-
-
|Hechos 26:23|Masih azob chekishi va birinchi bo‘lib o‘likdan tirilishi, shu maqsadda nurni O‘zining xalqiga va g‘ayriyahudiylarga olib kelishi kerak edi.
-
-
-
|Hechos 26:24| Pavlus shu tariqa o‘zini himoya qilar ekan, Festus unga baqirib dedi: — Sen telba bo‘lib qolibsan, Pavlus! Ko‘p bilganing seni aqldan ozdiryapti!
-
-
-
|Hechos 26:25| Pavlus esa shunday dedi: — Men aqldan ozganim yo‘q, Festus janobi oliylari! Men jiddiy haqiqatni gapiryapman.
-
-
-
|Hechos 26:26| Shoh bu narsalar to‘g‘risida bilgani uchun, men unga bemalol gapirmoqdaman. Bu narsalarning har biri uning e’tiboridan chetda qolmaganiga imonim komil. Chunki bular yashirin qilingan emas.
-
-
-
|Hechos 26:27| Shoh Agrippa janoblari! Siz payg‘ambarlarning bashoratlariga ishonasizmi? Bilaman, ishonasiz.
-
-
-
|Hechos 26:28| Agrippa Pavlusga: — Sen darrov menimasihiy bo‘lishga ko‘ndirmoqchisan–a, — dedi.
-
-
-
|Hechos 26:29| Pavlus shunday javob berdi: — Darrov bo‘ladimi yoki uzoq vaqtdan keyin bo‘ladimi, nafaqat siz, balki mening gaplarimni eshitayotganlarning hammasi men singari bo‘lsin, deb Xudoga ibodat qilaman. Ammo mana bu kishanlarni sizlarga ravo ko‘rmayman.
-
-
-
|Hechos 26:30| Shundan keyin shoh Agrippa, hokim Festus, Vernika va boshqalar o‘rinlaridan turdilar.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
