Hechos


  • |Hechos 4:31| Hammalari ibodat qilib bo‘lganlaridan keyin, ular yig‘ilib turgan joy silkindi. Hammalari Muqaddas Ruhga to‘lib, Xudoning so‘zini jasorat bilan gapiradigan bo‘ldilar.
  • Imonlilar mol–mulklarini taqsimlab beradilar

  • |Hechos 4:32| Imonga kelganlar yakdil va hamjihat edilar. Ulardan birontasi o‘ziga qarashli biron narsani “Bu meniki”, deb aytmas, bor mol–mulklarini umumiy deb bilishardi.

  • |Hechos 4:33| Havoriylar buyuk qudrat bilan Rabbimiz Isoning tirilganiga guvohlik berardilar. Xudo ularning hammalariga mo‘l–ko‘l muruvvat ko‘rsatardi.

  • |Hechos 4:34| Imonlilarning orasida bironta muhtoj odam yo‘q edi. Dala yoki uy–joy egalari bor narsalarini sotardilar, sotuvdan tushgan mablag‘ni olib kelib,

  • |Hechos 4:35| havoriylarning ixtiyoriga berardilar. Pullar odamlarning ehtiyojiga qarab taqsimlanardi.

  • |Hechos 4:36| Imonlilar orasida levilardan bo‘lgan Yusuf ismli bir odam bor edi. U asli Kiprdan edi. Havoriylar unga Barnabo, ya’ni “dalda beruvchi” degan nom bergan edilar.

  • |Hechos 4:37| Yusuf ham dalasini sotib, pulini havoriylarga in’om qildi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.