Hechos


  • |Hechos 4:21| Shunday qilib, Kengash a’zolari ularni oxirgi marta ogohlantirib, qo‘yib yubordilar. Ularni jazolash uchun hech qanday sabab topa olmagandilar, chunki butun xalq yuz bergan voqeani bilib, Xudoga hamdu sano aytardi.

  • |Hechos 4:22| Axir, mo‘jizali alomat tufayli shifo topgan odam qirq yildan oshiq vaqt davomida shol bo‘lgan edi.

  • |Hechos 4:23| Butrus bilan Yuhanno ozod bo‘lishlari bilanoq, do‘stlarining oldiga qaytib keldilar va bosh ruhoniylar bilan oqsoqollarning ularga aytgan gaplarini so‘zlab berdilar.

  • |Hechos 4:24| Do‘stlari bu gaplarni eshitganlaridan keyin, hammalari birgalikda baland ovozda Xudoga shunday deb ibodat qildilar: — Ey Egamiz! Sen yeru osmonni, dengizu ulardagi hamma narsalarni yaratgansan!

  • |Hechos 4:25| Quling — bobomiz Dovud orqali Muqaddas Ruhing bilan shunday degansan:
    Nega quturadi xalqlar?! Nega behuda fitna qilar elatlar?!


  • |Hechos 4:26| Egamizga va Uning Masihiga qarshi Zamin shohlari saf tortdilar, Hukmdorlar Unga qarshi birlashdilar.

  • |Hechos 4:27| Haqiqatan, Hirod bilan Pontiy Pilat g‘ayriyahudiylar va Isroil xalqi bilan birga bu shaharda Sening muqaddas quling, O‘zing Masih qilib tanlagan Isoga qarshi to‘plandilar.

  • |Hechos 4:28| Qudrating va xohish–irodang bilan O‘zing ilgaridan qaror qilgan hamma narsani ular ijro etdilar.

  • |Hechos 4:29| Endi, ey Egamiz, ularning tahdidlariga qara! Bu qullaring jasorat bilan Sening so‘zingni aytishlari uchun bizga imkon ber.

  • |Hechos 4:30| Qudratingni ko‘rsat, toki Muqaddas quling Iso nomi bilan xastalarga shifo beraylik, alomatlar va mo‘jizalar ko‘rsataylik.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.