Hechos


  • |Hechos 7:31| Muso buni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Yaxshiroq ko‘rish uchun butaga yaqin bordi. Shu payt u Egamizning ovozini eshitdi:

  • |Hechos 7:32| “Men ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman.” Muso qo‘rqqanidan titray boshladi.

  • |Hechos 7:33| Shunda Egamiz Musoga dedi: “Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech, chunki sen turgan joy muqaddas yerdir.

  • |Hechos 7:34| Misrda xalqimning qattiq azob chekayotganini ko‘rdim, ularning oh–vohlarini eshitdim. Men ularni ozod qilish uchun keldim. Endi kel, Men seni Misrga yuboraman.”

  • |Hechos 7:35| Mana shu Musoni xalq rad qilib, unga: “Kim seni bizning ustimizdan hukmdor yoki hakam qilib qo‘ydi?” deb aytgandi. Xudoning O‘zi esa Musoni hukmdor va xaloskor qilib yubordi. U buni buta ichida zohir bo‘lgan farishta orqali amalga oshirdi.

  • |Hechos 7:36| Muso Isroil xalqini Misrdan olib chiqdi. Misrda, Qizil dengizda va sahroda qirq yil davomida mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi.

  • |Hechos 7:37| Isroil xalqiga: “Xudo sizlar uchun o‘zingizning xalqingiz orasidan menga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi”, deb aytgan ham o‘sha Muso edi.

  • |Hechos 7:38| Sahroda Isroil xalqi bilan birga yashagan Musodir, Sinay tog‘ida otalarimiz bilan birga turgan, farishta bilan gaplashgan ham udir. U bizga berish uchun barhayot bashoratlarni qabul qildi.

  • |Hechos 7:39| Ammo ota–bobolarimiz Musoga itoat etishni istamadilar. Aksincha, ular Musoni mensimay, ko‘ngillarida Misrga qaytishga moyil bo‘ldilar.

  • |Hechos 7:40| Ular Xorunga shunday dedilar: “Biz uchun xudolar yasab ber, toki ular bizni yo‘lda boshlab borsin. Bizni Misrdan olib chiqqan Musoga nima bo‘lganini bilmaymiz.”


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.