Hechos


  • |Hechos 7:51| Sizlar o‘jar xalqsiz! Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar! Sizlar ham, ota–bobolaringizga o‘xshab, har doim Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar.

  • |Hechos 7:52| Ota–bobolaringiz payg‘ambarlarning hammasini quvg‘in qilganlar! Solih Zotning kelishini bashorat qilganlarni ular o‘ldirganlar! Endi esa sizlar Solih Zotni sotib, qatl qildingizlar.

  • |Hechos 7:53| Xudoning qonunini olgan sizlarsiz. Ammo o‘sha qonun sizlarga farishtalar orqali berilganiga qaramay, sizlar unga rioya qilmadingizlar.”

  • |Hechos 7:54| Oliy kengash a’zolari Stefanning so‘zlarini eshitib, g‘azabga mindilar, g‘azabdan tishlarini g‘ijirlatdilar.

  • |Hechos 7:55| Ammo Muqaddas Ruhga to‘lgan Stefan osmonga tikilib, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rdi. Iso Xudoning o‘ng tomonida turar edi.

  • |Hechos 7:56| “Qaranglar! — dedi Stefan. — Men osmon ochilganini ko‘ryapman. Inson O‘g‘li Xudoning O‘ng tomonida turibdi!”

  • |Hechos 7:57| Ular esa qo‘llari bilan quloqlarini berkitib oldilar, so‘ng birdaniga hammalari ovozlari boricha baqirib, Stefanga tashlandilar.

  • |Hechos 7:58| Ular Stefanni shahar tashqarisiga olib chiqdilar va toshbo‘ron qildilar. Unga qarshi guvohlik berganlar esa choponlarini Shoul degan yigitning oyoqlari ostiga qo‘ydilar.

  • |Hechos 7:59| Ular Stefanni toshbo‘ron qilayotganlarida, Stefan: “Ey Rabbim Iso, ruhimni ol!” — deb ibodat qildi.

  • |Hechos 7:60| So‘ngra u tiz cho‘kib, ovozi boricha baqirdi: “Ey Rabbim Iso! Bu gunohni ularga yuklama!” U shunday deb, jon berdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.