Hechos


  • |Hechos 7:11| O‘sha davrda butun Misr va Kan’on bo‘ylab ocharchilik tarqaldi, ko‘p azob–uqubatlar kelib chiqdi. Ota–bobolarimiz yegulik topa olmay qoldilar.

  • |Hechos 7:12| Yoqub, Misrda don bor ekan, deb eshitib qoldi. U o‘g‘illarini, ya’ni bizning bobolarimizni Misrga birinchi bor safarga jo‘natdi.

  • |Hechos 7:13| Ular Misrga ikkinchi marta borganlarida, Yusuf akalariga o‘zini tanitdi. Shunday qilib, Yusufning urug‘–aymog‘i fir’avnga ma’lum bo‘ldi.

  • |Hechos 7:14| Shundan keyin Yusuf otasi Yoqubni, hamma qarindosh–urug‘larini yoniga chaqirdi. Ular hammasi bo‘lib yetmish besh kishi edilar.

  • |Hechos 7:15| Shunday qilib, Yoqub Misrga ketdi. Yoqub ham, uning o‘g‘illari, ya’ni ota–bobolarimiz ham Misrda vafot etdilar.

  • |Hechos 7:16| Ularning suyaklarini Shakam shahriga olib kelib, Ibrohimning maqbarasiga qo‘ydilar. Bu maqbarani Ibrohim shakamlik Xamo‘rning o‘g‘illaridan bir qancha kumushga sotib olgan edi.

  • |Hechos 7:17| Xudoning Ibrohimga bergan va’dasi amalga oshadigan payt yaqinlashgani sari, Misrdagi xalqimiz g‘oyat ko‘payib borar edi.

  • |Hechos 7:18| Misrni boshqa hukmdor boshqara boshladi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi.

  • |Hechos 7:19| Ular ota–bobolarimizga nayrang ishlatdilar. Ota–bobolarimiz chaqaloqlaridan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi, chaqaloqlari o‘ldirildi.

  • |Hechos 7:20| Shu paytda Muso tug‘ilgan edi. U juda ajoyib bola edi. Ota–onasining uyida Musoni uch oy parvarishlaganlaridan keyin


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.