• Itoatgo‘ylikdan kelgan barakalar

  • |Deuteronomio 28:1| Agar Egangiz Xudoga itoat etib, men bugun aytayotgan Uning barcha amrlarini bitta qoldirmay bajarsangiz, U sizlarni yer yuzidagi hamma xalqlardan ustun qiladi.

  • |Deuteronomio 28:2| Egangiz Xudoga itoat etsangiz, U sizlarga baraka beradi, baraka sizdan arimaydi.

  • |Deuteronomio 28:3| Egangiz sizga shaharda ham, dalada ham baraka beradi.

  • |Deuteronomio 28:4| Uvali–juvali bo‘lasizlar, yeringiz hosildor, mol–qo‘yingiz barakali bo‘ladi, sigirlaringiz bolalaydi, qo‘ylaringiz qo‘zilaydi.

  • |Deuteronomio 28:5| Suprangiz va bug‘doy solingan savatlaringiz barakali bo‘ladi.

  • |Deuteronomio 28:6| Uyda bo‘lganingizda ham, yo‘lga chiqqaningizda ham Egamiz sizga baraka beradi.

  • |Deuteronomio 28:7| Sizlarga hujum qilgan dushmanlaringizni mag‘lub qiladi. Ular sizlarga bir tomondan hujum qilib keladi, ammo yetti tomonga tumtaraqay qochadi.

  • |Deuteronomio 28:8| Qilgan har bir ishingizni Egangiz Xudo barakali qiladi, omborlaringizni to‘ldiradi. U sizlarga berayotgan yurtda baraka beradi.

  • |Deuteronomio 28:9| Egangiz Xudoning amrlariga itoat etsangiz, Uning yo‘lidan yursangiz, Egamiz sizlarga qasam ichib va’da berganiday, sizlarni O‘zining muqaddas xalqi qiladi.

  • |Deuteronomio 28:10| Egamizga tegishli ekaningizni ko‘rib, yer yuzidagi barcha xalqlar sizlardan qo‘rqadigan bo‘ladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.