• Isroil xalqi shoh O‘gni mag‘lub qiladi

  • |Deuteronomio 3:1| Keyin biz Bashan o‘lkasiga yo‘l oldik. Bashan shohi O‘g o‘zining hamma lashkarini boshlab, Edrey shahri yaqinida biz bilan jang qilgani chiqdi.

  • |Deuteronomio 3:2| Shunda Egamiz menga dedi: “O‘gdan qo‘rqma. Men uning o‘zini, lashkarini va butun yurtini sening qo‘lingga berganman. Amor xalqining Xashbonda yashagan shohi Sixo‘nni nima qilgan bo‘lsang, uni ham shunday qilasan.”

  • |Deuteronomio 3:3| Egamiz Xudo Bashan shohi O‘gni ham hamma lashkari bilan birga bizning qo‘limizga berdi. Biz birorta tirik jon qoldirmay hammasini halok qildik.

  • |Deuteronomio 3:4| Uning hamma shaharlarini — oltmishta shahrini oldik. Bashandagi O‘gning shohligiga kirgan butun Argob hududini qo‘lga kiritdik, biz olmagan birorta ham shahar qolmadi.

  • |Deuteronomio 3:5| Bu mustahkam shaharlarning hammasi baland devorlar bilan o‘ralgan, darvozalari tambalangan edi. Bulardan tashqari, devor bilan o‘ralmagan ko‘p qishloqlar ham bor edi.

  • |Deuteronomio 3:6| Biz Xashbon shohi Sixo‘nning shaharlarini qanday vayron qilgan bo‘lsak, O‘gning shaharlarini ham shunday vayron qildik. Bu shaharlarni erkagu ayollari va bolalari bilan birga yo‘q qildik.

  • |Deuteronomio 3:7| Hamma chorva va shaharlardagi o‘ljani o‘zimizga oldik.

  • |Deuteronomio 3:8| Shunday qilib, o‘shanda biz Iordan daryosining sharq tomonida hukmronlik qilgan ikkala Amor shohini mag‘lub qildik. Janubdagi Arnon soyligidan to shimoldagi Xermon tog‘igacha cho‘zilgan yerlarini qo‘lga kiritdik.

  • |Deuteronomio 3:9| (Xermon tog‘ini Sidonliklar — “Siriyon”, Amor xalqi — “Sanir” deb atashadi.)

  • |Deuteronomio 3:10| Biz Bashanda hukmronlik qilgan shoh O‘gning butun shohligini, yassi tepalikdagi hamma shaharlarini, sharqdagi Salko va Edreygacha bo‘lgan butun Gilad va Bashan o‘lkalarini qo‘lga kiritdik.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.