• |Deuteronomio 13:1| Agar orangizda biror payg‘ambar yoki tush ta’birlovchi paydo bo‘lib: “Alomat yoki mo‘jiza ko‘rsataman”, deb aytsa,

  • |Deuteronomio 13:2| uning aytganlari bajo bo‘lsa, keyin u: “Yur, sen bilmagan boshqa xudolarga ergashaylik, ularga xizmat qilaylik”, desa,

  • |Deuteronomio 13:3| o‘sha payg‘ambar yoki tush ta’birlovchining so‘zlariga quloq solmanglar. Egangiz Xudo: “Qani bilay–chi, ular butun qalbi bilan, jonu dili bilan Meni sevadimi yoki yo‘qmi”, deb sizlarni sinayotgan bo‘ladi.

  • |Deuteronomio 13:4| Sizlar faqatgina Egangiz Xudoga ergashinglar. Undan qo‘rqinglar, Uning amrlariga itoat etinglar. Egamizga quloq solinglar, Unga xizmat qilinglar, Unga sodiq bo‘linglar.

  • |Deuteronomio 13:5| Egangiz Xudo sizni Misr yurtidan olib chiqqan, Misrdagi qullikdan ozod qilgan. O‘sha payg‘ambar yoki tush ta’birlovchi esa sizni Xudoyingizdan yuz o‘girtirishga harakat qildi. Egangiz Xudo amr qilgan yo‘ldan sizni ozdirmoqchi bo‘ldi. Shuning uchun uni o‘ldiringlar. Orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.

  • |Deuteronomio 13:6| Hatto aka–ukangiz yoki o‘g‘lingiz, qizingiz, sevikli xotiningiz yo jonajon do‘stingiz sizni yashirincha o‘zingiz bilmagan, ota–bobolaringiz ham bilmagan begona xudolarga sajda qilishga undashi mumkin.

  • |Deuteronomio 13:7| Atrofingizda yashayotgan uzoq–yaqindagi, yerning bu chetidan narigi chetigacha o‘rnashgan xalqlarning xudolariga sig‘inishga undashi mumkin.

  • |Deuteronomio 13:8| Ammo sizlar rozi bo‘lmanglar. Bunday odamga quloq solmanglar, unga rahm–shafqat qilmanglar, uning yonini olmanglar.

  • |Deuteronomio 13:9| Uni o‘ldiringlar. Birinchi bo‘lib sen, keyin butun xalq unga tosh otsin.

  • |Deuteronomio 13:10| Uni toshbo‘ron qilib o‘ldiringlar. Chunki u sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudodan yuz o‘girishga undadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.