• Musoning davomchisi Yoshua

  • |Deuteronomio 31:1| Muso butun Isroil xalqiga yuqoridagi so‘zlarni aytib bo‘lgandan keyin,

  • |Deuteronomio 31:2| shunday dedi: — Hozir 120 yoshdaman, men sizlarni janglarga boshlab bora olmayman. Egamiz menga: “Sen Iordanning narigi tomoniga o‘tmaysan”, deb aytgan.

  • |Deuteronomio 31:3| Sizlar Egangiz Xudoning boshchiligida Iordanning narigi tomoniga o‘tasizlar. Egangiz u yerda yashaydigan xalqlarni yo‘q qiladi. Sizlar ularning yurtiga egalik qilasizlar. Egamizning va’dasiga ko‘ra, Yoshua sizlarning yo‘lboshchingiz bo‘ladi.

  • |Deuteronomio 31:4| Egamiz Amor xalqining shohlari O‘g bilan Sixo‘nni mag‘lub qilib, ularning yurtini yo‘q qilganday, bu xalqlarni ham xuddi shunday yo‘q qiladi.

  • |Deuteronomio 31:5| Egamiz bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshiradi. Ularni xuddi men buyurganimday qilishingiz shart.

  • |Deuteronomio 31:6| Dadil va botir bo‘linglar, ulardan qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar bilan birga boradi, sizlarni tashlab ketmaydi, sizlarni tark etmaydi.

  • |Deuteronomio 31:7| Muso Yoshuani chaqirib, butun Isroil xalqi oldida unga shunday dedi: — Dadil va botir bo‘l. Egamiz, bu yurtni ota–bobolaringizga, avlodlaringizga beraman, deb qasam ichib va’da qilgan. Bu xalq bilan o‘sha yurtga sen kirasan. Sen orqali ular o‘sha yurtni mulk qilib olishadi.

  • |Deuteronomio 31:8| Egamiz sening oldingda boradi, O‘zi sen bilan birga bo‘ladi, seni tashlab ketmaydi, tark etmaydi. Qo‘rqma, vahimaga tushma.
  • Har yetti yilda qonun o‘qiladi

  • |Deuteronomio 31:9| Muso mana shu qonunni yozib, uni Egamizning ahd sandig‘ini olib yuradigan Levi avlodidan bo‘lgan ruhoniylarga va Isroilning hamma oqsoqollariga berdi.

  • |Deuteronomio 31:10| So‘ngra Muso ularga shunday amr qildi: — Har yettinchi yilning oxirida, qarzlaringizdan kechish yili Chayla bayramini nishonlaganingizda mana shu qonunni o‘qinglar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.