-
Xudoning xalqi
-
|Deuteronomio 7:1| Egangiz Xudo sizlarni egalik qiladigan yurtingizga olib kiradi. O‘shanda U oldingizdan Xet,Girgosh , Amor,Kan’on ,Pariz , Xiv, Yobus kabi yettita xalqni haydaydi. Ular sizlardan ko‘ra, ko‘proq va kudratliroqdir.
-
-
-
|Deuteronomio 7:2| Egangiz Xudo bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshirganda, sizlar ularni mag‘lub etasizlar. Shunda ularning hammasini tamomila qirib bitiringlar. Ular bilan ittifoq tuzmanglar, ularga rahm–shafqat qilmanglar.
-
-
-
|Deuteronomio 7:3| Ular bilan quda–andachilik qilmanglar, ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlaridan olib bermanglar.
-
-
-
|Deuteronomio 7:4| Aks holda ular farzandlaringizniEgamizdan qaytaradi. Farzandlaringiz boshqa xudolarga xizmat qiladigan bo‘ladi. O‘shandaEgamiz g‘azablanib, sizlarni bir lahzada halok qiladi.
-
-
-
|Deuteronomio 7:5| Aksincha, o‘sha xalqlarni sizlar shunday qilinglar: ularningqurbongohlarini buzinglar,butsimon toshlarini parchalab tashlanglar,Asheraga atalgan ustunlarni kesinglar, butlarini yondiringlar.
-
-
-
|Deuteronomio 7:6| Sizlar Egangiz Xudoningmuqaddas xalqisiz. U sizlarni yer yuzidagi jamiki xalqlar orasidan O‘z xalqi, O‘z xazinasi qilib tanlab oldi.
-
-
-
|Deuteronomio 7:7| Egamiz sizlarni boshqa xalqlardan ko‘p bo‘lganingiz uchun sevib, tanlamadi. Sizlar boshqa hamma xalqlardan oz edingiz.
-
-
-
|Deuteronomio 7:8| Egamiz sizlarni sevgani uchun va ota–bobolaringizga bergan va’dasini ado etish uchun sizlarni tanladi. Shu bois U sizlarni Misrfir’avni hukmronligidan, Misrdagi qullikdan O‘z qudrati bilan olib chiqib, ozod qildi.
-
-
-
|Deuteronomio 7:9| Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar. U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi.
-
-
-
|Deuteronomio 7:10| Xudodan nafratganlarning esa qilmishlariga yarasha boshlariga kulfat yog‘diradi. Ha, Egamiz Undan nafratlanganlarga javob berishda kechikmaydi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
