-
Jang haqida
-
|Deuteronomio 20:1| Dushmanlaringizga qarshi urushga borganingizda, otlarni, aravalarni, o‘zingiznikidan ko‘proq bo‘lgan lashkarni ko‘rsalaringiz, ulardan qo‘rqmanglar. Chunki sizlarni Misrdan olib chiqqan Egangiz Xudo sizlar bilandir.
-
-
-
|Deuteronomio 20:2| Jangga kirishingizdan oldin,ruhoniy lashkarning oldiga chiqsin,
-
-
-
|Deuteronomio 20:3| ularga shunday desin: “Quloq sol, eyIsroil xalqi! Bugun sizlar dushmanlaringizga qarshi jangga chiqyapsizlar. Dadil bo‘linglar, qo‘rqmanglar, dushman oldida vahimaga tushmanglar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:4|Egamiz Xudoning O‘zi sizlar bilan urushga boradi! Sizlar uchun dushmanlaringizga qarshi jang qiladi, sizlarga g‘alaba beradi!”
-
-
-
|Deuteronomio 20:5| Nazoratchilar lashkarga shunday deb aytsin: “Orangizda yangi uy qurib, o‘sha uyini hali Xudoga bag‘ishlab ulgurmagan birorta odam bormi? Bor bo‘lsa, uyiga qaytsin. Agar u jangda halok bo‘lsa, boshqa odam uning uyini bag‘ishlaydi.
-
-
-
|Deuteronomio 20:6| Uzumzor ekib, hali mevasidan yemagan odam bormi? Agar bor bo‘lsa, uyiga qaytib ketsin. U jangda halok bo‘lsa, boshqa odam uning uzumzori mevasidan birinchi bo‘lib tatiydi.
-
-
-
|Deuteronomio 20:7| Biror qizga unashtirilib, hali uylanmagan yigit bormi? Agar bor bo‘lsa, uyiga qaytib ketsin. U jangda halok bo‘lsa, boshqa odam o‘sha qizga uylanadi.”
-
-
-
|Deuteronomio 20:8| Nazoratchilar yana shunday deyishsin: “Orangizda qo‘rquvdan yuragini oldirib qo‘ygan odam bormi? Bor bo‘lsa, uyiga qaytib ketsin. Bo‘lmasa birodarlari ham unga o‘xshab cho‘chib qoladi.”
-
-
-
|Deuteronomio 20:9| Nazoratchilar lashkarga shu gaplarni aytib bo‘lgandan keyin, lashkarboshilar bosh bo‘lsin.
-
-
-
|Deuteronomio 20:10| Biror shaharni olish uchun yaqinlashganingizda, shahar ahliga sulh taklif qiling.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
