• Panoh shaharlar

  • |Deuteronomio 19:1| Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtning xalqlarini yo‘q qilganda, sizlar o‘sha yurtni mulk qilasizlar, shaharlariga, uylariga joylashasizlar.

  • |Deuteronomio 19:2| [2-3] O‘shanda yurtni uch qismga bo‘linglar. Har bir qismida bittadan panoh shahar ajratinglar. O‘sha shaharlarga boradigan yo‘llar quringlar, toki qotil o‘sha shaharlarning biriga qochib bora olsin.

  • |Deuteronomio 19:3|

  • |Deuteronomio 19:4| Birovni adovatsiz, bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha shaharlarning biriga qochib, tirik qoladi.

  • |Deuteronomio 19:5| Masalan, bir odam boshqasi bilan daraxt kesgani o‘rmonga bordi, deylik. U daraxt kesmoqchi bo‘lib boltani ko‘targanda, bolta sopidan chiqib ketib, sherigiga borib tegsayu, sherigi o‘lib qolsa, qotil o‘sha shaharlarning biriga qochib borib tirik qoladi.

  • |Deuteronomio 19:6| Aks holda marhumning xunini oladigan odam qotilning orqasidan quvishi mumkin, yo‘l uzoq bo‘lganidan unga yetib olib, o‘ldirishi mumkin. Lekin u o‘limga loyiq emas, chunki marhumga oldindan uning adovati yo‘q edi.

  • |Deuteronomio 19:7| Uchta shahar ajratinglar, deb sizlarga buyurganimning sababi shudir.

  • |Deuteronomio 19:8| [8-9] Egangiz Xudoni seving, har doim uning yo‘lidan yuring, deb sizlarga bugun amr qildim. Agar sizlar bu amrlarni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudo ota–bobolaringizga qasam ichib, bergan va’dasiga ko‘ra, yerlaringizni kengaytiradi, va’da qilgan butun yurtni sizga beradi. Shunda sizlar ajratgan uchta shahringizga yana uchta panoh shahar qo‘shinglar,

  • |Deuteronomio 19:9|

  • |Deuteronomio 19:10| toki Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda aybsizning qoni to‘kilmasin. Sizlar qon uchun javobgar bo‘lib qolmanglar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.