• Ruhoniylarning ulushi

  • |Deuteronomio 18:1| Levi ruhoniylari, butun Levi qabilasi qatorida, Isroilda ulush ham, mulk ham olmaydilar. Ular Egamizga keltirilgan nazr va qurbonliklardan yeydilar.

  • |Deuteronomio 18:2| Birodarlari orasida ularning ulushi bo‘lmaydi. Egamiz Levi qabilasiga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi.

  • |Deuteronomio 18:3| Qurbonlik qilingan mol yoki qo‘yning yelka, jag‘ va ichak–chovoqlari ruhoniylarga berilsin.

  • |Deuteronomio 18:4| G‘allangizning ilk hosilini, eng birinchi tayyorlagan sharobingizni va zaytun moyingizni, qo‘ylaringizning birinchi qirqilgan yungini ruhoniylarga beringlar.

  • |Deuteronomio 18:5| Chunki Egangiz Xudo, Levi qabilasi va ularning avlodlari har doim Menga xizmat qilishsin, deb ularni qabilalaringiz orasidan tanlab oldi.

  • |Deuteronomio 18:6| Agar biror levi Isroildagi o‘zi yashab turgan shahardan Egamiz tanlagan joyga o‘z xohishi bilan borsa,

  • |Deuteronomio 18:7| u yerda Egamizga xizmat qilgan levi birodarlari singari Egasi Xudo nomidan xizmat qila oladi.

  • |Deuteronomio 18:8| Oilasining mulkini sotishdan kelgan daromadi bo‘lsa ham, boshqa levilar qatori bir xil ulush yesin.
  • Buparast xalqlarning qabih odatlari haqida ogohlantirish

  • |Deuteronomio 18:9| Egangiz Xudo beradigan yurtga kirganingizda, u yerdagi xalqlarning jirkanch odatlarini o‘rganmanglar.

  • |Deuteronomio 18:10| O‘g‘li yoki qizini olovda qurbon qiladigan, folbin, bashoratgo‘y, romchi, sehrgar,


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.