• Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami

  • |Deuteronomio 16:1| Abib oyida Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini nishonlanglar. Egangiz Xudo sizlarni Misrdan Abib oyida tunda olib chiqqan.

  • |Deuteronomio 16:2| Egamiz O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga boringlar, mol va qo‘ylaringizdan Egangiz Xudoga Fisih kurbonligini keltiringlar.

  • |Deuteronomio 16:3| Qurbonlik go‘shtiga xamirturushli non qo‘shib yemanglar. Sizlar Misrdan shoshilinch chiqib ketganingizda xamirturushsiz non yegan edingizlar, shuning uchun yetti kun davomida xamirturushsiz non yenglar. Bu nonni, mashaqqatli kunlarda yeyiladigan non, deb atashadi. O‘sha nonni yenglar, shunda Misrdan chiqqan kuningizni bir umr yodingizda tutasizlar.

  • |Deuteronomio 16:4| Yetti kun davomida yurtingizning biror joyida xamirturush bo‘lmasin. Bayramning birinchi kuni kechqurun keltirgan qurbonligingiz go‘shtidan ertalabgacha hech nima qolmasin.

  • |Deuteronomio 16:5| Egangiz Xudo sizlarga berayotgan shaharlarning birontasida Fisih qurbonligini keltirish mumkin emas.

  • |Deuteronomio 16:6| Fisih qurbonligini faqatgina Egangiz O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyda keltiringlar. Buni quyosh botadigan paytda, sizlar Misrdan chiqqan soatlarda qilinglar.

  • |Deuteronomio 16:7| Egangiz Xudo tanlaydigan joyda qurbonligingizni pishirib yeb, ertalab chodirlaringizga qaytib ketaveringlar.

  • |Deuteronomio 16:8| Keyingi olti kun davomida xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kun Egangiz Xudoga bag‘ishlangan muqaddas yig‘in bo‘ladi. Shu kuni hech qanday ish qilmanglar.
  • Hosil bayrami

  • |Deuteronomio 16:9| Hosilga o‘roq solingan kundan boshlab yetti haftani sananglar.

  • |Deuteronomio 16:10| Keyin Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha ko‘ngildan chiqarib nazr qilinglar. Egangiz Xudo uchun Hosil bayramini nishonlanglar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.