• Egamizning buyukligi

  • |Deuteronomio 11:1| Egangiz Xudoni sevinglar. Har doim Uning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilinglar, talablarini bajaringlar.

  • |Deuteronomio 11:2| Shuni unutmanglarki, bolalaringiz emas, sizlar Egangiz Xudoning tarbiyasini olgansizlar. Farzandlaringiz Egamizning buyukligini, qudrati va ajoyibotlarini ko‘rmagan.

  • |Deuteronomio 11:3| Egamiz Misr fir’avniga va uning butun yurtiga qilgan mo‘jizalaru ishlarini ular bilmaydi.

  • |Deuteronomio 11:4| Orqangizdan quvayotgan Misr lashkarini, ot–aravalarini Egamiz Qizil dengizga cho‘ktirib, tamomila yo‘q qilganini bolalaringiz ko‘rmagan.

  • |Deuteronomio 11:5| Shu yerga yetib kelguningizcha sahroda Egamiz sizlarga nimalar qilganini ular bilmaydilar.

  • |Deuteronomio 11:6| Ruben qabilasidan Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni Egamiz nimalar qilganini bilmaydilar. Butun Isroil xalqining ko‘z o‘ngida yer yorilib ularni, oilalarini, chodirlarini, ularga qarashli barcha jonivorlarni yutib yuborganini bolalaringiz ko‘rmagan.

  • |Deuteronomio 11:7| Egamizning qilgan barcha buyuk ishlarni bolalaringiz emas, sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz.
  • Va’da qilingan yurtning barakalari

  • |Deuteronomio 11:8| Shunday ekan, Men bugun sizlarga berayotgan amrlarning hammasiga rioya qilinglar. Shunda kuchli bo‘lasizlar. Iordan daryosidan kechib, mulk qilib oladigan yurtni qo‘lga kiritasizlar.

  • |Deuteronomio 11:9| Egamiz ota–bobolaringizga va ularning avlodiga qasam ichib, va’da bergan sut va asal oqib yotgan yurtda uzoq yashaysizlar.

  • |Deuteronomio 11:10| Sizlar kirib mulk qilib olayotgan bu yer o‘zlaringiz chiqqan Misr yurtiday emas. Misrda sabzavot urug‘ini o‘zlaringiz ekib, o‘zlaringiz sug‘orar edingizlar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.