-
|Deuteronomio 20:11| Ular sulhga rozi bo‘lib, darvozalarini ochib bersa, shaharning butun aholisi sizlargaqarol bo‘lib xizmat qiladi.
-
-
-
|Deuteronomio 20:12| Agar shahar ahli sulhga rozi bo‘lmay, sizlar bilan jang qilsa, shaharni qamal qilinglar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:13| Egangiz Xudo u shaharni sizning qo‘lingizga berganda, butun erkak zotini qilichdan o‘tkazinglar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:14| Faqat ayollarni, bolalarni, mollarni va shaharda qolgan hamma narsani o‘lja qilib olsangiz bo‘ladi. Egangiz Xudo sizlarning qo‘lingizga bergan, dushmanlardan olgan o‘ljalarni ishlatishingiz mumkin.
-
-
-
|Deuteronomio 20:15| Sizlar egalik qiladigan yurtingizdan uzoqda joylashgan shaharlarni shunday qilinglar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:16| Lekin Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtdagi shaharlarni qo‘lga olganingizda bironta jonni tirik qoldirmanglar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:17| Egangiz Xudo sizlarga amr etganiday, Xet, Amor,Kan’on ,Pariz , Xiv, Yobus xalqlarini tamomila qirib bitiringlar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:18| Toki ular o‘zlarining xudolariga qilgan jirkanch odatlarini sizlarga o‘rgatmasin. Aks holda sizlar Egangiz Xudoga qarshi gunoh qilgan bo‘lasizlar.
-
-
-
|Deuteronomio 20:19| Agar biror shaharni qo‘lga kiritish uchun uzoq vaqt qamal qilib tursalaringiz, u yerdagi mevali daraxtlarni kesmanglar. O‘sha daraxtlarning mevasini yeyishingiz mumkin, daraxtlarning o‘zini esa kesib tashlamanglar. Axir, daladagi daraxtlar odam emas–ku, qurshovdan qochib chiqsa!
-
-
-
|Deuteronomio 20:20| Meva bermaydigan daraxtlarni esa kesishingiz mumkin. Shahar qulamagunicha qamal inshootlarni qurishda o‘sha daraxtlardan foydalansangiz bo‘ladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
