-
|Deuteronomio 28:31| Molingizni ko‘z oldingizda so‘yishadi, lekin go‘shtini yemaysiz. Eshagingizni ko‘z oldingizdan o‘g‘irlab ketishadi, qaytib berishmaydi. Qo‘ylaringiz dushmanlaringizga beriladi. Sizlarga hech kim yordam bermaydi.
-
-
-
|Deuteronomio 28:32| O‘g‘illaringiz, qizlaringiz ko‘z oldingizda boshqa xalqlarga beriladi. Ular tomon talpinasiz–u, biror narsa qilishga ojiz bo‘lasiz.
-
-
-
|Deuteronomio 28:33| Yeringiz hosilidan, mehnatingiz samarasidan begona xalqlar bahramand bo‘ladi. Sizni esa har kuni ezishadi, xor qilishadi.
-
-
-
|Deuteronomio 28:34| Ko‘zlaringiz bilan ko‘rgan voqealardan jinni bo‘lib qolasiz.
-
-
-
|Deuteronomio 28:35| Egamiz oyoqlaringizga tuzalmas yaralar toshtiradi. Butun badaningizga boshdan–oyoq chipqon chiqadi.
-
-
-
|Deuteronomio 28:36| Egamiz sizlarni va ustingizdan qo‘ygan shohni o‘zlaringiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmagan xalq oldiga haydab boradi. U yerda yog‘och va toshdan yasalgan boshqa xudolarga xizmat qilasiz.
-
-
-
|Deuteronomio 28:37| Egamiz sizlarni o‘sha begona xalqlarga olib borganda, ular ahvolingizdan dahshatga tushadi. Sizlar ularga masxara, kulgi bo‘lasiz.
-
-
-
|Deuteronomio 28:38| Dalaga ko‘p urug‘ ekasiz, lekin kam hosil olasiz. Hosilingizni chigirtkalar yeb bitiradi.
-
-
-
|Deuteronomio 28:39| Uzumzorlar barpo qilasiz, parvarishlaysiz, lekin sharobidan ichmaysiz, uzumini termaysiz. Ularga qurt tushadi.
-
-
-
|Deuteronomio 28:40| Yerlaringizdazaytun daraxtlari o‘sadi, lekin ustingizgazaytun moyi surtmaysiz. Zaytun mevalari to‘kilib ketadi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
