1 Reyes

  • Ilyos Sinay tog‘ida

  • |1 Reyes 19:1| Axab Ilyos qilgan hamma ishlarni, barcha payg‘ambarlarni qanday qilib qilichdan o‘tkazganini Izabelga aytib berdi.

  • |1 Reyes 19:2| Izabel Ilyosga chopar orqali shu xabarni yetkazdi: “Payg‘ambarlarning jonini qanday olgan bo‘lsang, ertaga shu vaqtda men ham sening joningni olmasam, xudolar meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrog‘iga duchor qilsin.”

  • |1 Reyes 19:3| Ilyos bu xabarni eshitdi–yu, o‘rnidan turib, jonini qutqarish umidida Yahudoning Bersheva shahri 1 tomon yo‘l oldi. Xizmatkorini o‘sha shaharda qoldirib,

  • |1 Reyes 19:4| yolg‘iz o‘zi cho‘lda bir kun yo‘l yurdi. Nihoyat, bir yulg‘un daraxti ostiga kelib o‘tirdi. O‘ziga o‘zi o‘lim tilab: — Yetar, ey, Egam! — deb xitob qildi u, — endi jonimni olaqol. Axir, ota–bobolarimdan mening ortiq joyim yo‘q.

  • |1 Reyes 19:5| Ilyos yulg‘un ostida yotib uxlab qoldi. Bir payt farishta uni turtib: “Tur, taom yeb ol”, — dedi.

  • |1 Reyes 19:6| Ilyos turib qarasa, bosh tomonida issiq tosh ustida pishgan non, ko‘zada suv turibdi. U yeb–ichib bo‘lib, yana yotdi.

  • |1 Reyes 19:7| Egamizning farishtasi ikkinchi daf’a qaytib keldi va Ilyosga teginib: “Tur, taom yeb ol, oldingda hali uzoq yo‘l turibdi”, dedi.

  • |1 Reyes 19:8| Ilyos o‘rnidan turib yeb–ichib oldi. Taomning quvvati bilan qirq kechayu qirq kunduz yo‘l yurib Xudoning tog‘i Sinayga 2 yetib keldi.

  • |1 Reyes 19:9| Ilyos Sinay tog‘idagi bir g‘orga kirib, o‘sha yerda tunadi. Bir payt Egamiz undan: “Ey, Ilyos, bu yerlarda nima qilib yuribsan?” deb so‘radi.

  • |1 Reyes 19:10| — Ey, Parvardigori Olam — Egam, Sen uchun ko‘p jon kuydirgan edim, — dedi Ilyos. — Chunki Isroil xalqi Sen bilan qilgan ahddan qaytdi, qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Ey, Egam, Sening payg‘ambarlaringdan yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.