1 Reyes

  • Yeribomning o‘g‘li vafot etadi

  • |1 Reyes 14:1| O‘sha paytda shoh Yeribomning o‘g‘li Abiyo kasal bo‘lib qoldi.

  • |1 Reyes 14:2| Yeribom xotiniga: — Qani, tur, kiyimlaringni o‘zgartir, toki mening xotinim ekanligingni hech kim bilib qolmasin, — dedi. — Shilo‘ga jo‘na. Payg‘ambar Oxiyo o‘sha yerda. Isroil xalqining shohi bo‘lishim haqida u bashorat qilgan edi 1.

  • |1 Reyes 14:3| O‘nta non, bir nechta kulcha, bir xumcha asal olib, payg‘ambar Oxiyoning huzuriga bor. O‘g‘limizga nima bo‘lishini u senga aytadi.

  • |1 Reyes 14:4| Xotini Yeribom aytganiday qildi, o‘rnidan turib, Shilo‘ga yo‘l oldi. Oxiyoning uyiga yetib ham keldi. Oxiyo qartayganidan ko‘zlari ko‘rmaydigan bo‘lib qolgan edi.

  • |1 Reyes 14:5| Egamiz Oxiyoga dedi: — Ana, Yeribomning xotini kelyapti, qara, qiyofasini o‘zgartirib olgan, o‘g‘li kasal, unga nima bo‘ladi — shuni sendan so‘ramoqchi. Unga shunday–shunday deb ayt.

  • |1 Reyes 14:6| Yeribomning xotini eshikni ochib, ostona hatlashi bilanoq, Oxiyo uning qadam tovushlarini eshitdi. Shu zahoti Oxiyo ayolga dedi: — Kel, Yeribomning xotini, ichkari kir. Meni birov tanib qolmasin, deb boshqacha kiyinib olibsanmi?! Ammo senga sovuq xabarlarim bor.

  • |1 Reyes 14:7| Izingga qaytib bor, Yeribomga shu gaplarni yetkaz: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: seni xalqing orasidan yuksaltirib, xalqim Isroil ustidan hukmdor qildim.

  • |1 Reyes 14:8| Shohlikni Dovud xonadonidan tortib olib, senga berdim. Biroq sen qulim Dovudga o‘xshagan bo‘lmading. U mening amrlarimga rioya qilib, butun qalbi bilan Menga ergashar, oldimda to‘g‘ri ishlarnigina qilardi.

  • |1 Reyes 14:9| Sen o‘zingdan oldin o‘tganlarning hammasidan ham ko‘p yomon ishlar qilding. O‘zing uchun boshqa xudolarning tasvirlarini yasab, Meni g‘azablantirding. Mendan yuz o‘girding.

  • |1 Reyes 14:10| Ana shu qilmishlaring evaziga xonadoningga balo–ofat keltiraman. Xoh qul bo‘lsin, hoh ozod bo‘lsin, Isroildagi har bir erkak urug‘ingni qirib yuboraman. Xonadoningni, xuddi supurindini qirtishlab uloqtirganday, ildizidan quritib tashlayman.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.