-
|1 Reyes 16:1|Egamiz Isroil shohi Bashoga Xonin o‘g‘li Yohu orqali shu so‘zlarni ayon qilgan edi:
-
-
-
|1 Reyes 16:2| — Seni Men tuproq ostidan chiqarib yuksaltirdim. Seni xalqim Isroilning hukmdori qildim. Sen esa Yeribomning yo‘lidan ketib, xalqim Isroilni gunohga botirding. Gunohlaringiz Meni g‘azablantirdi.
-
-
-
|1 Reyes 16:3| Mana ko‘rasan, Nabat o‘g‘li Yeribom xonadoni singari, sening oilangni ham ildizidan quritaman.
-
-
-
|1 Reyes 16:4| Sening urug‘ingdan shaharda vafot etgan odam ko‘ppaklarga yem bo‘lar, qirda vafot etgan odam ko‘kdagi qushlarga yem bo‘lar.
-
-
-
|1 Reyes 16:5| Bashoning boshqa ishlari, faoliyati, kahramonliklari “Isroil shohlarining tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
-
-
-
|1 Reyes 16:6| Basho ham olamdan o‘tib, Tirzada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Elox shoh bo‘ldi.
-
-
-
|1 Reyes 16:7| Xonin o‘g‘li Yohu orqali Bashoga va uning xonadonigaEgamiz O‘zining so‘zlarini ayon qilgan edi. Basho Egamiz oldida Yeribom xonadoni kabi qabihliklar qilgani va Yeribomning xonadonini qirib tashlagani uchun, Egamiz undan g‘azablandi.
-
-
-
Isroil shohi Elox
-
|1 Reyes 16:8| OsoYahudoga shohlik qilayotganiga yigirma olti yil bo‘lganda, Elox Isroil shohi bo‘ldi. Elox Bashoning o‘g‘li edi. U Tirzada istiqomat qilib, ikki yil hukmdorlik qildi.
-
-
-
|1 Reyes 16:9| Lekinjang aravalarining yarmiga qo‘mondon bo‘lgan Zimri unga suiqasd uyushtirdi. Elox Tirzada turgan paytda Tirzadagi bosh vaziri Arzoning uyida ichib mast bo‘lib qoldi.
-
-
-
|1 Reyes 16:10| Shunda Zimri ichkariga kirdi–yu, uni o‘ldirdi. So‘ng Zimri shoh bo‘lib oldi. Oso Yahudoda shohlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, shu voqea yuz berdi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
