1 Reyes

  • Oram shohi bilan urush

  • |1 Reyes 20:1| Oram shohi Banhadad 1 hamma lashkarini to‘pladi. O‘ttiz ikkita shoh o‘z otlari, jang aravalari bilan unga madad berdi. Banhadad Samariyani qamal qilib, bu shaharga urush boshladi.

  • |1 Reyes 20:2| Banhadad shaharga — Isroil shohi Axab huzuriga choparlar jo‘natib, ular orqali shu xabarni yetkazdi: — Banhadad aytmoqda:

  • |1 Reyes 20:3| “Sening oltin–kumushlaring, eng sara xotinlaring, o‘g‘illaring meniki bo‘ladi.”

  • |1 Reyes 20:4| — Siz aytganday bo‘la qolsin, shoh hazratlari, — deb javob yo‘lladi Isroil shohi, — o‘zim ham, mening hamma narsam ham siznikidir.

  • |1 Reyes 20:5| Banhadadning choparlari yana qaytib kelib, Axabga shu xabarni yetkazdilar: — Banhadad aytmoqda: “Senga, oltiningni, kumushingni, xotinlaringni va bolalaringni menga berasan, deb xabar bergan edim.

  • |1 Reyes 20:6| Ertaga shu paytda qullarimni jo‘nataman: ular saroyingni, a’yonlaringning boshpanasini birma–bir ko‘rib, ko‘zingni quvnatib turgan qimmatbaho hamma narsalaringni olib ketadilar.”

  • |1 Reyes 20:7| Isroil shohi yurt oqsoqollarini chaqirib, ularga aytdi: — O‘ylab bir qaranglar, u odam qanday yomonlikni o‘ylab topadi–ya. U xotinlarimni, o‘g‘illarimni, oltin–kumushlarimni so‘rab chopar jo‘natganda, men rad qilmagandim.

  • |1 Reyes 20:8| Hammalari shohga: — Quloq solmang uning gaplariga, rozi bo‘lmang! — deb maslahat berdilar.

  • |1 Reyes 20:9| Isroil shohi Banhadadning choparlariga shu gapni aytdi: — Shoh hazratlariga shunday deb yetkazinglar: u oldin mendan nima istagan bo‘lsa, hammasini ado etaman, faqat keyingi talabiga rozi emasman. Choparlar Banhadadga Axabning shu gapini olib keldilar.

  • |1 Reyes 20:10| Banhadad Axabga yana choparlarini jo‘natib, quyidagi gapni yetkazdi: — Samariyani yer bilan yakson qilaman, agar Samariyaning kuli orqamda yurgan mana shu odamlarimning har biriga bir hovuchdan yetib ortib qolsa, xudolar meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrog‘iga duchor qilsin.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.