1 Reyes

  • Shimoldagi qabilalar isyon ko‘tarishadi

  • |1 Reyes 12:1| Raxabom Shakam shahriga 1 ketdi. Jamiki Isroil 2 xalqi ham, Raxabomni shoh qilib ko‘taramiz, deb Shakamga kelishdi.

  • |1 Reyes 12:2| Nabat o‘g‘li Yeribom bu haqda eshitib, Misrdan qaytdi 3. U Sulaymonning dastidan Misrga qochib ketganicha, hanuz o‘sha yerda edi.

  • |1 Reyes 12:3| Isroil xalqi odam yuborib, uni ayttirib keldi. So‘ngra Yeribom bilan barcha Isroil jamoasi Raxabom huzuriga kelib, unga shu gapni aytishdi:

  • |1 Reyes 12:4| — Otangiz bizga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi. U bizni majbur qilgan og‘ir mehnatni endi siz yengillatib, bo‘yinturuqdan xalos qiling. O‘shanda biz sizga itoat etamiz.

  • |1 Reyes 12:5| — Hozir qaytib ketaveringlar, — dedi Raxabom kelganlarga, — uch kundan keyin yana huzurimga kelinglar. Shunday qilib, xalq qaytib ketdi.

  • |1 Reyes 12:6| Shoh Raxabomning otasi Sulaymon hayotligi davrida oqsoqollar har doim uning oldida hoziru nozir edilar. Shoh o‘sha oqsoqollarga maslahat soldi. — Sizlar nima deysizlar, bu xalqqa nima deb javob bersam bo‘ladi?

  • |1 Reyes 12:7| Oqsoqollar shohga shunday deb maslahat berishdi: — Agar siz bu xalqqa bugun qul bo‘lib xizmat qilsangiz, ularga javob berganingizda, yaxshi so‘zingizni ayamasangiz, ular sizga bir umr xizmat qiladilar.

  • |1 Reyes 12:8| Lekin shoh oqsoqollarning maslahatlarini rad qildi. Birga o‘sgan va o‘ziga xizmat qilayotgan yosh yigitlar bilan maslahatlashdi.

  • |1 Reyes 12:9| Shoh o‘sha yigitlarga dedi: — Bu xalq menga: “Otangiz bizga solgan og‘ir bo‘yinturuqdan endi bizni siz xalos qiling”, deyapti. Ularga nima deb javob berayin? Sizlar qanday maslahat berasizlar?

  • |1 Reyes 12:10| Raxabom bilan birga o‘sib–ulg‘aygan yosh yigitlar unga shunday maslahat berishdi: — Arz qilgan o‘sha xalqqa shunday deb ayt: “Mening sinchalog‘im otamning belidan ham yo‘g‘on.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.