1 Reyes

  • Keksaygan shoh Dovud

  • |1 Reyes 1:1| Shoh Dovud ancha keksaydi 1. Uni ko‘rpa–to‘shaklar bilan o‘rab tashlashsa ham, hech isimas edi.

  • |1 Reyes 1:2| Shunda a’yonlari Dovudga aytishdi: — Hazrati oliylari uchun yosh, bokira qiz qidirib topsak. O‘sha qiz shohimiz oldida bo‘lsin, parvarish qilsin, shohimizning quchog‘ida yotsin. Ana shunda shoh hazratlari isiydilar.

  • |1 Reyes 1:3| Shunday qilib, butun Isroil hududi bo‘ylab chiroyli, bo‘yi yetgan qizni qidirdilar. Nihoyat, Shunamlik 2 Obisha ismli qizni topib, shoh huzuriga olib kelishdi.

  • |1 Reyes 1:4| Qiz g‘oyatda go‘zal edi. U shohni parvarish qilib, uning xizmatida bo‘ldi. Lekin shoh qizga yaqinlashmadi.
  • Odoniyo taxtga da’vogar bo‘ladi

  • |1 Reyes 1:5| Absalom vafot etgandan keyin, Dovudning Xaggitdan tug‘ilgan Odoniyo ismli o‘g‘li “Men shoh bo‘laman” 3, deb o‘zini juda katta tutadigan bo‘lib qoldi. U o‘ziga jang aravalari, chavandozlar va ellikta qo‘riqchi oldi.

  • |1 Reyes 1:6| Otasi esa “Nima uchun sen bunday qilyapsan?” deb hech qachon uni tergamadi. Odoniyo Absalomdan keyingisi bo‘lib, juda chiroyli yigit edi.

  • |1 Reyes 1:7| U Zeruya o‘g‘li Yo‘ab va ruhoniy Abuatarga maslahat soldi. Ikkovi ham Odoniyo tarafiga o‘tdilar.

  • |1 Reyes 1:8| Lekin ruhoniy Zodo‘x, Yohayido o‘g‘li Binayo, payg‘ambar Natan, Shimax, Rey va Dovudning qo‘riqchilari Odoniyo tomonga o‘tmadilar.

  • |1 Reyes 1:9| Odoniyo En–Ro‘g‘ol bulog‘i 4 bo‘yidagi Zo‘xalat toshi yonida qo‘y, buqa va boqilgan buzoqlarni qurbonlik qilib, hamma aka–ukalarini — shoh o‘g‘illarini, shohga qarashli barcha Yahudo a’yonlarini taklif qildi 5.

  • |1 Reyes 1:10| Payg‘ambar Natanni, Binayoni, shohning qo‘riqchilarini, ukasi Sulaymonni esa taklif qilmadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.