-
Mixiyo Axabni ogohlantiradi
-
|1 Reyes 22:1| Oradan uch yil o‘tdi. Shu vaqt oralig‘ida Oram bilanIsroil o‘rtasida urush bo‘lmadi.
-
-
-
|1 Reyes 22:2| Uchinchi yiliYahudo shohi Yohushafat Isroil shohi huzuriga keldi.
-
-
-
|1 Reyes 22:3| Isroil shohi a’yonlariga dedi: —Giladdagi 1 Ramo‘t bizniki ekanini bilasizlarmi? Lekin biz bu shaharni uzoq vaqtdan buyon Oram shohidan tortib olmay, sukut saqlab kelyapmiz.
-
-
-
|1 Reyes 22:4| — Giladdagi Ramo‘t uchun jang qilmoqqa men bilan borasanmi? — deb so‘radi Axab Yohushafatdan. — Meni go‘yo o‘zing deb bil, xalqimni o‘zingning xalqing deb, otlarimni o‘zingning otlaring deb bil, — dedi Yohushafat unga.
-
-
-
|1 Reyes 22:5| Yohushafat Isroil shohiga yana aytdi: — AvvalEgamizning xohish–irodasini bil–chi, U nima der ekan.
-
-
-
|1 Reyes 22:6| Isroil shohi to‘rt yuzga yaqin payg‘ambarni to‘plab ulardan so‘radi: — Giladdagi Ramo‘t uchun jang qilmoqqa boraymi yoki bormaymi? — Boraversinlar,Rabbiy u shaharni shoh hazratlarining qo‘liga beradi.
-
-
-
|1 Reyes 22:7| — Bu yerda ulardan boshqaEgamizning birorta payg‘ambari qolmadimi? Agar bo‘lsa, undan ham so‘rab ko‘raylik, — dedi Yohushafat.
-
-
-
|1 Reyes 22:8| — Yana bir kishi bor, — dedi Axab Yohushafatga, — Yimloning o‘g‘li Mixiyo. U orqali Egamizning xohish–irodasini bilsak bo‘ladi. Lekin men uni yomon ko‘raman, chunki u men haqimda bashorat qilsa, xayrli gap aytmaydi, xunuk gap aytadi. — Ey, shoh, bunday deb aytma, — dedi Yohushafat.
-
-
-
|1 Reyes 22:9| Isroil shohi mulozimini chaqirib: — Tez borib, Yimloning o‘g‘li Mixiyoni olib kel, — deb buyurdi.
-
-
-
|1 Reyes 22:10| Isroil shohi Axab va Yahudo shohi Yohushafat shohlik liboslarini kiyib, har qaysisi o‘z taxtidaSamariya darvozasi yonidagi xirmonda o‘tirar, hamma payg‘ambarlar esa ularning ro‘parasida turib bashorat qilayotgan edi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
