1 Reyes

  • Shava malikasining tashrifi

  • |1 Reyes 10:1| Shava 1 malikasi Sulaymonning dong‘ini, Egamizga atab qilgan ishlarini eshitgach, Sulaymonning huzuriga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab ko‘rmoqchi edi.

  • |1 Reyes 10:2| Malika Quddusga juda ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab keldi. Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, ko‘nglida nima bo‘lsa, hammasini unga aytdi.

  • |1 Reyes 10:3| Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning birorta savoliga javob berishda qiynalmadi.

  • |1 Reyes 10:4| Shava malikasi Sulaymonning donoligini, u qurgan saroyni,

  • |1 Reyes 10:5| dasturxonidagi noz–ne’matlarni, a’yonlarning tartib–qoidaga ko‘ra joylashuvlarini, shoh soqiylari 2 va bakovullarining 3 xizmat liboslarini, Egamizning uyida shoh kuydiriladigan qurbonliklarni nazr qilganini ko‘rdi. Malika g‘oyat hayratlanib,

  • |1 Reyes 10:6| shohga dedi: — Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitganlarim to‘g‘ri ekan.

  • |1 Reyes 10:7| Kelib o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha gap–so‘zlarga ishonmagan edim. Menga hatto yarmini ham aytishmagan ekan. Men eshitgandan ham ko‘ra, donoroq ekansiz, boyligingiz ham juda ko‘p ekan.

  • |1 Reyes 10:8| Naqadar baxtiyordir odamlaringiz! Omadlidir xizmatkorlaringiz! Ular doimo huzuringizda bo‘lib, donoligingizdan bahra olishar.

  • |1 Reyes 10:9| Sizdan mamnun bo‘lib, Isroil taxti uzra o‘tqazgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U Isroilni to abad sevgani uchun adolat va to‘g‘rilik bilan hukm etsin, deb sizni shoh qilgan ekan.

  • |1 Reyes 10:10| Malika Sulaymonga 250 pud 4 oltin, behisob xushbo‘y ziravorlar, qimmatbaho toshlar hadya qildi. Hech kim shoh Sulaymonga oldin ham, keyin ham Shava malikasi berganchalik xushbo‘y ziravorlar hadya qilmagan edi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.