1 Reyes


  • |1 Reyes 10:21| Shoh Sulaymonning ichimlik ichadigan hamma idishlari oltindan, “Lubnon o‘rmoni” degan uydagi hamma idishlar ham toza oltindan bo‘lib, birorta ham buyum kumushdan yasalmagan edi. Sulaymon davrida kumush arzimas narsa bo‘lib qolgandi.

  • |1 Reyes 10:22| Xiramning kemalari qatorida, Sulaymonning ham dengizda savdo kemalari bo‘lib, bu kemalar har uch yilda qaytib oltin, kumush, fil tishlari, turli–tuman maymunlar 9 olib kelardi.

  • |1 Reyes 10:23| Shunday qilib, Sulaymon boylikda ham, donolikda ham yer yuzidagi hamma shohlardan o‘tib ketdi.

  • |1 Reyes 10:24| Sulaymonga Xudo bergan donolikni eshitmoq uchun butun dunyo uning oldiga kelgani oshiqardi.

  • |1 Reyes 10:25| Kelganlarning har biri kumush va oltin idishlar, kiyim, qurol–aslaha, xushbo‘y ziravorlar, ot va xachirlar hadya qilib olib kelar edi. Bunday hol yillab davom etardi.

  • |1 Reyes 10:26| Sulaymon jang aravalari va otlar to‘pladi. Uning bir ming to‘rt yuzta jang aravasi va o‘n ikki mingta oti bor edi. Sulaymon bularning bir qismini jang aravalari saqlanadigan shaharlarga va bir qismini Quddusga — o‘zining yoniga joylashtirdi.

  • |1 Reyes 10:27| Shoh Quddusda kumushni oddiy tosh bilan baravar qilib qo‘ydi. Sadr yog‘ochlari esa ko‘pligidan Yahudo qir etaklarida o‘sadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiga tenglashib qoldi.

  • |1 Reyes 10:28| Shohning savdogarlari Misrdan 10 va Quvaydan Sulaymon uchun otlar olib kelishardi. Ular otlarni Quvaydan sotib olishardi.

  • |1 Reyes 10:29| Misrdan keltirilgan har bir jang aravasi uchun 600 kumush tanga 11, har bir ot uchun 150 kumush tanga 12 to‘lashardi. So‘ng bularni barcha Xet shohlariga va Oram shohlariga sotishardi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.