-
Egamiz yana Sulaymonga zohir bo‘ladi
-
|1 Reyes 9:1| SulaymonEgamizning uyini ham, o‘zining saroyini ham qurib bo‘ldi. Mo‘ljallangan hamma yumushlarni tamom qildi.
-
-
-
|1 Reyes 9:2| Shundan keyinEgamiz Sulaymonga, ilgari Givonda zohir bo‘lganiday 1, yana zohir bo‘ldi.
-
-
-
|1 Reyes 9:3|Egamiz unga shu so‘zlarini ayon qildi:
— Menga qilgan iltijolaringni eshitdim. Sen qurgan va O‘zim ulug‘lanadigan uynimuqaddas qildim. Ko‘zlarim, ko‘nglim doimo o‘sha yerda bo‘ladi.
-
-
-
|1 Reyes 9:4| Sen ham Mening oldimda, otang Dovud kabi, sofdillik bilan va to‘g‘ri bo‘lib yursang, Men amr etgan hamma farmonlarimni ijro etsang, qonun–qoidalarimni mahkam tutsang,
-
-
-
|1 Reyes 9:5|Isroil ustidan shohlik taxtingni abadiy mustahkam qilaman. Otang Dovudga ham: “Sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi”, deb va’da bergan edim 2.
-
-
-
|1 Reyes 9:6| Sen ham, sening nasling ham Men ko‘rsatgan yo‘ldan qaytsangiz, sizlarga bergan amr va farmonlarimga rioya qilmasangiz, borib boshqa xudolarga xizmat qilsangizlar, topinsangizlar,
-
-
-
|1 Reyes 9:7| Isroilni O‘zim bergan yurtdan uloqtirib tashlayman. Men muqaddas qilgan, O‘zim ulug‘lanadigan uyni tark etaman. Ana o‘shanda Isroil xalqi hammaning og‘zida duv–duv gap bo‘ladi, hamma xalqlar ularni masxara qiladi.
-
-
-
|1 Reyes 9:8| Hozir ajoyib bo‘lib turgan uyning yonidan o‘tganlar buning ayanchli ahvolini ko‘rganda, dahshatga tushib: “Nimaga ularning Egasi bu yurtni va bu uyni mana shu ahvolga soldi ekan–a?” deb qotib qoladi.
-
-
-
|1 Reyes 9:9| So‘ng yana o‘zlari shunday xulosa chiqaradilar: “E–ha, ular ota–bobolarini Misr yurtidan olib chiqqan, o‘zlarining Egasi Xudodan yuz o‘girdilar–ku! Boshqa xudolarga ergashib, o‘sha xudolarga topinib, xizmat etdilar–ku! Qilmishlariga yarasha o‘zlarining Egasi ularning boshiga shu ko‘rgiliklarni solibdi–da.”
-
-
-
Sulaymonning shoh Xiram bilan tuzgan bitimi
-
|1 Reyes 9:10| Sulaymon ikkala uyni — Egamizning uyini va o‘z saroyini yigirma yilda bitirgan edi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
