1 Reyes


  • |1 Reyes 13:1| Yeribom qurbongohning yonida qurbonlik kuydirmoqchi bo‘lib turgan paytda, bir payg‘ambar, Egamizning amriga ko‘ra, Yahudodan Baytilga keldi.

  • |1 Reyes 13:2| Payg‘ambar Egamizning amri bilan qurbongohga nido qildi: — Qurbongoh, ey, qurbongoh! Egamiz shunday aytur: “Dovud xonadonida bir o‘g‘il farzand dunyoga kelar, Uning ismi Yo‘shiyo 1 bo‘lur. Sajdagohlarda qurbonlik kuydiradigan ruhoniylarni sening ustingda qurbon qilur. Sening ustingda inson suyaklarini yoqar.”

  • |1 Reyes 13:3| Payg‘ambar o‘sha kuniyoq buning alomati to‘g‘risida aytdi: — Egamiz aytgan alomat quyidagicha bo‘ladi: Qurbongoh yorilib ketar, ustidagi kul to‘kilar.

  • |1 Reyes 13:4| Yeribom payg‘ambarning Baytildagi qurbongohga aytgan so‘zlarini eshitgach, qurbongohdan unga tomon qo‘lini uzatib: “Ushlanglar uni!” — dedi. Yeribomning payg‘ambarga qarshi cho‘zilgan qo‘li esa qurib, yog‘ochday qotib qoldi. Uning qo‘li bukilmaydigan bo‘lib qoldi.

  • |1 Reyes 13:5| Egamizning payg‘ambar orqali aytgan alomati bajo bo‘ldi: qurbongoh yorilib, ustidagi kul to‘kilib ketdi.

  • |1 Reyes 13:6| Shunda shoh payg‘ambarga dedi: — Iltijo qilaman, Egangiz Xudoga men uchun yolvorib, ibodat eting, toki qo‘lim avvalgi holiga kelsin. Payg‘ambar Egamizga ibodat qilgan edi, shohning qo‘li avvalgi holiga kelib, bukiladigan bo‘ldi.

  • |1 Reyes 13:7| Shoh payg‘ambarga yana aytdi: — Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, senga hadyalar beray.

  • |1 Reyes 13:8| Payg‘ambar shohga dedi: — Boyligingning yarmini bersang ham, sen bilan bormayman, bu yerda non ham yemayman, suv ham ichmayman.

  • |1 Reyes 13:9| Egamiz menga: “Non yemaysan, suv ichmaysan, borgan yo‘lingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.

  • |1 Reyes 13:10| Shundan keyin payg‘ambar Baytilga kelgan yo‘lidan qaytmay, boshqa yo‘ldan ketdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.