-
Baytillik keksa payg‘ambar
-
|1 Reyes 13:11| Baytilda keksa bir payg‘ambar yashardi. Uning o‘g‘illari kelib, Yahudolik payg‘ambarning shu kuni Baytilda qilgan ishlari haqida otalariga aytib berdilar. Payg‘ambarning shohga aytgan so‘zlarini ham otalariga bayon qildilar.
-
-
-
|1 Reyes 13:12| Otasi o‘g‘illaridan: “O‘sha odam qaysi yo‘ldan ketdi?” — deb so‘radi. Yahudodan kelgan payg‘ambarning qaysi yo‘ldan ketganini unga o‘g‘illari ko‘rsatdilar.
-
-
-
|1 Reyes 13:13| Shunda keksa payg‘ambar o‘g‘illariga: “Eshagimni egarlanglar!” — dedi. O‘g‘illari payg‘ambarning eshagini egarlab berdilar, u eshagiga minib jo‘nadi.
-
-
-
|1 Reyes 13:14| Keksa payg‘ambar Yahudolik payg‘ambarning izidan ketdi va nihoyat uni topdi. Yahudolik payg‘ambar eman daraxti ostida o‘tirgan ekan. Keksa payg‘ambar undan: — Yahudodan kelgan payg‘ambar senmisan? — deb so‘radi. — Ha, menman, — deb javob berdi u.
-
-
-
|1 Reyes 13:15| Keksa payg‘ambar unga: — Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, — dedi.
-
-
-
|1 Reyes 13:16| Yahudolik payg‘ambar unga aytdi: — Sen bilan birga qaytib borolmayman. Bu yerda sen bilan birga non ham yemayman, suv ham ichmayman.
-
-
-
|1 Reyes 13:17| Egamiz menga: “U yerda non ham yemaysan, suv ham ichmaysan, borgan yo‘lingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.
-
-
-
|1 Reyes 13:18| Payg‘ambar esa unga shunday dedi: — Men ham senga o‘xshagan bir payg‘ambarman, Farishta menga Egamizning shu so‘zlarini aytdi: “Uni yo‘ldan qaytarib, o‘zing bilan birga uyingga olib kel, non yeb, suv ichib olsin.” Lekin keksa payg‘ambar yolg‘on gapirayotgan edi.
-
-
-
|1 Reyes 13:19| Shunday qilib, Yahudolik payg‘ambar keksa payg‘ambar bilan birga qaytib keldi, uning uyida tamaddi qildi.
-
-
-
|1 Reyes 13:20| Ular dasturxon atrofida o‘tirganlarida, keksa payg‘ambarga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
