1 Reyes


  • |1 Reyes 1:31| Botsheva yer o‘pib, shohga ta’zim qildi: — Shohimiz Dovud hazratlari dunyo turguncha tursinlar!

  • |1 Reyes 1:32| — Ruhoniy Zodo‘xni, payg‘ambar Natanni, Yohayido o‘g‘li Binayoni mening huzurimga taklif qilinglar! — dedi shoh Dovud. Ular shoh huzuriga kirib keldilar.

  • |1 Reyes 1:33| Shundan so‘ng shoh ularga: — Yoningizga shohingizning qo‘riqchilarini olinglar, — dedi. — O‘g‘lim Sulaymonni mening xachirimga o‘tqazib, Gixo‘n bulog‘iga 7 olib boringlar.

  • |1 Reyes 1:34| U yerda ruhoniy Zodo‘x va payg‘ambar Natan Sulaymonning boshiga moy surtib, uni Isroil shohi qilsinlar. Keyin burg‘u chalib, baland ovoz bilan: “Yashasin shoh Sulaymon!” deb aytinglar.

  • |1 Reyes 1:35| So‘ng uning orqasidan qaytib kelinglar. U kelgach, mening taxtimga o‘tirsin, mening o‘rnimga shoh bo‘lsin. Men uni Isroil va Yahudoning 8 hukmdori qilib tayinladim.

  • |1 Reyes 1:36| Binayo shohga qarata: — Omin! Shohimiz hazratlarining Xudosi — Egamizning amri ham shunday bo‘lsin! — dedi.

  • |1 Reyes 1:37| — Egamiz doim shoh hazratlari bilan bo‘lgan edi. Bundan keyin U Sulaymonga yor bo‘lsin, Sulaymonning taxtini shohimiz Dovud hazratlari taxtidan ham yuksak qilsin.

  • |1 Reyes 1:38| Ruhoniy Zodo‘x, payg‘ambar Natan, Yohayido o‘g‘li Binayo, shohning Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilari 9 Sulaymonni shoh Dovudning xachiriga o‘tqazib jo‘nadilar. Nihoyat, uni Gixo‘n bulog‘iga olib keldilar.

  • |1 Reyes 1:39| Ruhoniy Zodo‘x chodirdan 10 olib kelgan moy solingan qo‘chqor shoxini 11 olib chiqdi va Sulaymonning boshiga moy surtdi. Keyin burg‘u chaldilar. Shunda butun xalq: “Yashasin shoh Sulaymon!” deb qichqirdi.

  • |1 Reyes 1:40| Xalq Sulaymonga ergashib, nay chalib, o‘yin–kulgi qilib ketdi. Xalqning qiyqirig‘idan go‘yo yer titrab ketdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.