-
|1 Reyes 19:11| — Chiq, tog‘da Mening ro‘paramda tur, yoningdan o‘taman, — dedi Egamiz unga. Egamiz o‘tganda, qudratli bo‘ron tog‘larni yorib,qoyalarni parcha–parcha qilib tashladi, lekin Egamiz bo‘ron ichida emasdi. Shamoldan so‘ng zilzila bo‘ldi, lekin Egamiz zilzilada ham emasdi.
-
-
-
|1 Reyes 19:12| Zilziladan so‘ng esa alanga ko‘tarildi. Biroq Egamiz alanga ichida ham emas ekan. Alangadan keyin esa mayin shabada tovushi eshitildi.
-
-
-
|1 Reyes 19:13| Ilyos bu tovushni eshitib, yuzini chakmoni bilan berkitib oldi. Tashqariga chiqib, g‘orning og‘zida turdi. Shunda yana: “Ilyos, bu yerda nima qilib turibsan?” degan sado keldi.
-
-
-
|1 Reyes 19:14| — Ey, Parvardigori Olam — Egam, men Sen uchun ko‘p jon kuydirgan edim, — dedi Ilyos. — Isroil xalqi Sen bilan qilgan ahddan qaytdi, qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Egamning payg‘ambarlaridan yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.
-
-
-
|1 Reyes 19:15| Egamiz unga aytdi: — Sen kelgan yo‘lingdan orqaga qayt. Damashq yaqinidagi sahroga bor. U yerga borganingdan keyin, Xazayilning boshigamoy surt, u Oram yurtining shohi bo‘lsin.
-
-
-
|1 Reyes 19:16| Nimshi o‘g‘li Yohuning 3 boshiga hammoy surt, u Isroilning shohi bo‘lsin. Ovil–Maxlalik Shofot o‘g‘li Elishayning boshiga ham moy surt, u sening o‘rningga payg‘ambar bo‘ladi.
-
-
-
|1 Reyes 19:17| Xazayilning qilichidan qochib qutulganni Yohu o‘ldiradi, Yohuning qilichidan qochib qutulganni Elishay o‘ldiradi.
-
-
-
|1 Reyes 19:18| Men Isroil xalqidan yetti ming odamni qoldiraman, ularBaal oldida tiz cho‘kmagan, birortasi ham Baalni o‘pmagan.
-
-
-
Elishay
-
|1 Reyes 19:19| Ilyos u yerdan ketib, Shofot o‘g‘li Elishayni topdi. U o‘n ikki juft ho‘kiz bilan yer haydayotganlarning orasida o‘n ikkinchi juft ho‘kizni haydayotgan edi. Ilyos Elishayning yonidan o‘tayotib, chakmonini uning ustiga tashladi 4.
-
-
-
|1 Reyes 19:20| Elishay ho‘kizlarini qoldirib, Ilyosning orqasidan yugurib bordi. — Ijozat ber, borib, ota–onamni o‘pib xayrlashib kelay, keyin orqangdan yetib boraman, — dedi u Ilyosga. Ilyos Elishayga dedi: — Bor, lekin men senga qilganimni o‘ylab ko‘r!
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
