• Havoriylarning martabasi va vazifasi

  • |1 Corintios 4:1| Odamlar bizni Masihning xizmatkorlari hamda Xudoning sir–asrorlarini bayon etishga mas’ul insonlar, deb bilishlari kerak.

  • |1 Corintios 4:2| Bizdan talab qilingan narsa ishonchli bo‘lishdir.

  • |1 Corintios 4:3| Meni sizlar hukm qilasizlarmi yoki mahkamada hukm qilishadimi, menga farqi yo‘q. Men o‘zimni o‘zim ham hukm qilmayman.

  • |1 Corintios 4:4| Zotan o‘zimda hech bir ayb ko‘rmasam ham, bu bilan o‘zimni oqlamayman. Chunki meni hukm qiluvchi Rabbimiz Iso bo‘ladi.

  • |1 Corintios 4:5| Shu bois sizlar ham vaqtidan oldin, Rabbimiz kelmaguncha, aslo hukm qilmanglar. U kelib zulmatda yashirilgan narsalarni ravshan qiladi, inson yuraklarining maqsadlarini oshkor etadi. O‘shanda har kim o‘z ishiga yarasha Xudoning tahsiniga sazovor bo‘ladi.

  • |1 Corintios 4:6| Ey birodarlar, men o‘zimni va Apollosni misol qilib keltirdim, toki sizlar Muqaddas Bitiklarda yozilganlarga binoan yashashni bizdan o‘rganinglar. Bir ustozni boshqasidan ustun qo‘ymang.

  • |1 Corintios 4:7| Kim sizlarga shunday huquq berib qo‘ygan?! Xudodan olmagan biror narsangiz bormi?! Bor narsangizni sizga Xudo bergan–ku, nima uchun xuddi o‘z kuchingiz bilan erishganday maqtanib yuribsiz?

  • |1 Corintios 4:8| Xohlagan hamma narsangizga erishib oldingizmi?! Boy bo‘lib ketdingizmi?! Bizsiz hukmronlik qilyapsizmi?! Qani endi, haqiqatdan ham hukmronlik qilayotgan bo‘lsangiz edi, biz ham sizlar bilan birga hukmronlik qilsak.

  • |1 Corintios 4:9| Lekin men o‘ylaymanki, Xudo biz — havoriylarni sharmandali ahvolga solib, maydonda namoyish qilinadigan, o‘limga mahkum etilgan asirlarday qilib qo‘ydi. Biz farishtalaru insonlar oldida, butun koinot oldida tomosha bo‘lib qoldik.

  • |1 Corintios 4:10| Biz Masih haqi aqlsiz bo‘libmiz, sizlar esa Masih soyasida aqlli bo‘lib qolibsizlar. Biz zaif, sizlar esa kuchli ekansiz! Sizlar obro‘–e’tiborli, biz esa sharmanda ekanmiz–da!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.