-
Nikoh masalasi
-
|1 Corintios 7:1| Endi sizlar menga yozganlaringizga kelaylik. Orangizda ba’zilar: “Er xotini bilan qovushmasin”, deb aytayotgan ekan.
-
-
-
|1 Corintios 7:2| Lekin jinsiy axloqsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir kishi o‘z xotini bilan, har bir ayol esa o‘z eri bilan qovushishi kerak.
-
-
-
|1 Corintios 7:3| Er o‘z xotiniga nisbatan va xotin o‘z eriga nisbatan er-xotinlik vazifasini bajo keltirsin.
-
-
-
|1 Corintios 7:4| Xotinning badani ustidan xotin emas, balki eri hokimlik qiladi. Xuddi shu singari, erning badani ustidan er emas, balki xotini hokimlik qiladi.
-
-
-
|1 Corintios 7:5| Bir–biringizdan bosh tortmanglar. Faqatgina o‘zaro kelishgan holda, o‘zingizni ibodatga bag‘ishlash uchungina jinsiy aloqadan o‘zingizni tutib turing. Bundan so‘ng yana qovushinglar, toki o‘zingizni tiya olmaganingizdan foydalanib, shayton sizlarni vasvasaga solmasin.
-
-
-
|1 Corintios 7:6| Men buni buyruq tariqasida emas, nasihat tariqasida aytyapman.
-
-
-
|1 Corintios 7:7| Qaniydi, hamma menga o‘xshab so‘qqabosh bo‘lsa! Ammo har bir odamda Xudodan berilgan in’om bor, biriniki bu bo‘lsa, boshqasiniki udir.
-
-
-
|1 Corintios 7:8| Beva ayollaru xotini o‘lgan erkaklarga shunday deyman: “Men kabi bo‘lsangiz, sizlar uchun yaxshidir.”
-
-
-
|1 Corintios 7:9| Ammo ular o‘zlarini tiya olmasalar, uylansinlar, erga tegsinlar. Chunki shahvoniy ishq bilan yonishdan ko‘ra uylanish, erga tegish yaxshiroqdir.
-
-
-
|1 Corintios 7:10| Quyidagi amr esa uylangan va erga tekkanlarga berilgan. U mendan emas,Rabbimiz Isodandir: xotin eri bilan ajrashmasin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
