• Duoyi salom

  • |1 Corintios 1:1| Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo‘lish uchun da’vat qilingan men — Pavlusdan va birodarimiz Sostendan

  • |1 Corintios 1:2| Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga salom! Xudo sizlarni O‘zining aziz xalqi bo‘lishga da’vat qilib, Iso Masih orqali O‘zi uchun ajratib olgan. Shunday qilib, har yerda Rabbimiz Iso Masihga sajda qilayotganlarning qatoriga qo‘shildingiz. Iso Masih ularning ham, bizning ham Rabbimizdir.

  • |1 Corintios 1:3| Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.
  • Xudoning ko‘rsatgan iltifoti

  • |1 Corintios 1:4| Xudoyim sizlarga Iso Masih orqali O‘z inoyatini berdi. Shu bois doimo Xudoyimga sizlar uchun shukr aytaman.

  • |1 Corintios 1:5| Iso Masih orqali Xudo sizlarni har qanday kalomda mohir, ilmu ma’rifatda boy qildi.

  • |1 Corintios 1:6| Shu tariqa men sizlarga aytgan Masih haqidagi xabar haqiqat ekanligi isbotlandi.

  • |1 Corintios 1:7| Shuning uchun Rabbimiz Iso Masihning kelishini intizorlik bilan kutar ekansiz, Muqaddas Ruh beradigan in’omlardan benasib emassizlar.

  • |1 Corintios 1:8| Rabbimiz Iso Masih kelgan kunda sizlar aybsiz bo‘lishingiz uchun Xudo sizlarni oxirigacha qo‘llab quvvatlaydi.

  • |1 Corintios 1:9| Sizlarni O‘z O‘g‘li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqot qilishga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.
  • Imonlilar jamoatidagi nizolar

  • |1 Corintios 1:10| Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga iltijo qilaman, hammangiz o‘zaro ahil yashanglar. Orangizda nizolarga yo‘l qo‘ymay, fikr–xayolda tamomila yakdil bo‘linglar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.