-
Imonlilar orasidagi da’volarni hal qilish haqida
-
|1 Corintios 6:1| Orangizda bittasining boshqa birovga da’vosi bor ekan. Bu da’voni hal qilib bersin, deb u kishi Xudoningazizlari oldiga emas, balki imonsizlar oldiga borishga qanday jur’at qilyapti?
-
-
-
|1 Corintios 6:2| Xudoning azizlari hatto dunyoni hukm qilishini nahotki sizlar bilmasangiz?! Modomiki sizlar dunyoni hukm qilar ekansiz, nahotki ahamiyatsiz ikir–chikir ishlarni hukm qila olmasangiz?
-
-
-
|1 Corintios 6:3| Biz hatto farishtalarni ham hukm qilamiz–ku! Shuni bilmaysizlarmi? Shunday ekan, turmush ikir–chikirlari nima bo‘libdi?!
-
-
-
|1 Corintios 6:4| Nega bunday da’volaringizni hal qilish uchunjamoatga daxli bo‘lmagan odamlarga olib borasizlar?!
-
-
-
|1 Corintios 6:5| Nahotki orangizda o‘zbirodarlarining da’vosini ajrim qila oladigan birorta dono odam topilmasa?! Uyalmaysizlarmi, axir?!
-
-
-
|1 Corintios 6:6| Imonli birodar yana boshqa bir imonli birodari bilan da’volashmoqda, qolaversa buni imonsiz hakamlarning oldida qilyapti–ya!
-
-
-
|1 Corintios 6:7| Undan ko‘ra haqsizlikka chidab turganingiz sizlar uchun yaxshiroq bo‘lmasmidi? Hatto hiyla–nayranglardan zarar ko‘rish sizlar uchun afzalroq bo‘lmasmidi? Bir-biringiz bilan da’volashishning o‘zi sizlar uchun tamoman mag‘lubiyat–ku!
-
-
-
|1 Corintios 6:8| Shunisi yetmaganday, sizlar hiyla–nayranglar bilan o‘z birodaringizga nohaqlik qilyapsizlar.
-
-
-
|1 Corintios 6:9| Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilarXudoning Shohligidan bahramand bo‘lmaydilar–ku! Adashmanglar, jinsiy tomondan axloqsiz bo‘lganlar, butparastlar, zinokorlar, bachchabozlaru bachchalar,
-
-
-
|1 Corintios 6:10| o‘g‘rilar, tamagirlar, ichkilikbozlar, g‘iybatchilar va tovlamachilar Xudoning Shohligidan bahramand bo‘lmaydilar.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
